MetsenatUz loyihasi ğoliblariga pul ötkaziş boşlandi
MetsenatUz loyihasi doirasida ğoliblarga pul ötkaziş işlari boşlandi
Avval xabar berganimizdek, talabalar uçun eʼlon qilingan taʼlim grantida 25 nafar ğoliblar tanlab olindi. Ular bilan boğlanib, tegişli şartnoma maʼlumotlarini olib, har biriga 3 mln sömdan, jami 75 mln söm pul ötkaziş işlari boşlandi.
Grantda qatnaşgan 750 nafarga yaqin talabalarning barçasiga işonç uçun rahmat. Albatta, biz barça talabgorlarning kontraktiga tölov ötkazib bera olmadik, hozirça biroz imkoniyatlarimiz çeklangan. Ammo şunday bölsa-da, ariza yuborganlar orasidan yana 200 nafarga yaqin ehtiyojmand talabalarning tölov-kontraktiga «Talabaga madad» loyihasi orqali moddiy kömak olib berişga yordamlaşyapmiz. Bunda bizga Yoşlar işlari agentligi katta yordam bermoqda.
Şuningdek, tez orada MetsenatUz loyihasi doirasida yangi bir yönalişni işga tuşirmoqçimiz. Aniqroği ehtiyojmand talabalarga öz şaxsiy mablağlari hisobidan yordam berişni istaganlarni birlaştiradigan "Metsenatlar klubi" taşkil qiliş niyatimiz bor. Tez orada bu haqida batafsil maʼlumot beramiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2


