203 nafar talabaga taʼlim granti ajratildi
👏«Yoşlar taʼlim granti» doirasida 203 nafar talabaga 475 mln sömlik kontrakt tölab berildi
Metsenat.uz loyihasi doirasida eʼlon qilingan «Yoşlar taʼlim granti»da 203 nafar talabaning şartnoma mablağlarining 50%igaça qismi tölab berildi. Bu haqda Yoşlar işlari agentligi xabar bermoqda.
Yoşlar işlari agentligi, Özbekiston yoşlar ittifoqi hamda Mehrli qöllar xayriya taşkiloti hamkorlikda eʼlon qilgan grantda 1570 ta arizalar kelib tuşgandi. Har bir ariza işçi guruh tomonidan sinçiklab körib çiqildi. Bu albatta katta mehnat hamda vaqtni talab etdi.
Talabgorlar orasidan eng munosib deya topilgan 203 nafar talabalarga jami 475 mln 834 ming söm miqdoridagi mablağ tölov-kontraktini tölaş uçun beğaraz ötkazib berildi.
Ğoliblarning:
- 36 nafari çin yetim;
- 3 nafari nogiron;
- 11 nafari mehribonlik uyi bitiruvçilari;
- 153 nafar boquvçisini yöqotgan şaxslardir.
Barça ğoliblarni kelajakda yetuk kadr bölib, yurtimiz rivojiga hissa qöşişiga işonç bildiramiz.
👉 @xushnudbek 👈


