Agneşka Pikulitska-Vilçevska voqeasi xronikasi

Matn2-fevral, 2021, 21:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​«Agneşka voqeasi» xronikasi

Guardian, Al Jazeera, The Diplomat xalqaro naşrlarida çiqişlar qiladigan mustaqil jurnalist Agneşka Pikulitska-Vilçevska atrofidagi şov-şuv 2 kundan buyon keng muhokama qilinmoqda. Özi nima böldi? Siz uçun qisqa xronika yiğib çiqişga harakat qildim.

1-fevral

18:02 - Agneşka Pikulitska-Vilçevska özining Tvitter akkauntida Özbekiston Taşqi işlar vazirligi joriy yilda unga akkreditatsiya berişni rad etgani, ötgan yili esa akkreditatsiya olgaç TIVning «Rustam» ismli xodimi unga tegajoğlik qilib, öpmoqçi bölgani, bundan taşqari TIV xodimi «salbiy yangiliklar köpayib ketgani» uçun undan karantin haqida ijobiy maqola yozişni söragani, u bu taklifni rad etganidan keyin, TIV xodimi unga noxolisligi va jurnalist emasligini aytgani haqida yozdi. Agneşka «Özbekiston hukumati xalqaro jurnalistlarning muammolar haqida yozişini xohlamaydi, ularga bunday ommaviylik kerak emas» deya fikr bildirdi Tvitterda.

22:13 – Mass-media fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov bunga munosabat bildirib, «Agneşkaning şikoyati juda jiddiy xavotir uyğotgani va albatta, bu holatga aniqlik kiritib, sinçkovlik bilan örganiş kerak deb hisoblaşini» bayon qildi.

2-fevral

14:35 – Agneşka Tvitter akkauntida Taşqi işlar vazirligi vakili bilan uçraşganligini, uçraşuvda unga akkreditatsiya masalasi oçiqligiça qolayotgani, vazirlik «Rustam» böyiça tekşiruv ötkaza olmasligi, çunki uni heç kim tanimasligi haqida xabar qoldirdi. Polşalik jurnalistning aytişiça, keça döstining maslahati bilan «Rustam» ismli şaxsning Telegram profilini tekşirgan, rasmi öşa-öşa bölgan, ammo u profil «Ilhomaka FBI» deb röyxatdan ötgan ekan. Agneşka sirli şaxs tezroq topilişiga umid bildirgan.

15:39 – Senat raisi Tanzila Narbayeva uşbu holatga munosabat bildirib, Agneşka bilan sodir bölgan voqea Özbekistonda ham, boşqa mamlakatlarda ham mutlaqo qabul qilinişi mumkin bölmagan holatligi, Özbekiston inson şaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qilişning har qanday şakliga aslo toqat qilmaslik siyosatiga amal qilişini aytib, Agneşkaning mardligini alohida eʼtirof etdi. Şuningdek, Tanzila Narbayeva uşbu hodisa örganilişi, aybdorlar jazolanişi, ammo bu respublikada amalga oşirilayotgan ulkan islohotlarga soya solmasligi lozimligini taʼkidladi.

18:31 – Komil Allamjonov Agneşka bilan uçraşgani hamda vaziyatni atrofliça muhokama qilişgani haqida maʼlum qildi. Şuningdek, Fond mahalliy va xorijiy jurnalistlar faoliyatini qöllab-quvvatlaşga tayyorligi, Agneşkaning professional va akademik salohiyati hurmatga loyiqligi, u bilan keyinçalik hamkorlik qilişdan manfaatdorligini bildirdi.

18:53 – Özbekiston Taşqi işlar vazirligi uşbu holat böyiça bayonot berdi. Unda aytilişiça, TIV Matbuot kotibi A.Xodjimetov Agneşka bilan uçraşgan. Muxbir tilga olgan vazirlik xodimi TIV tizimidan böşatilgan. Şuningdek, Agneşkaning jurnalistik akkreditatsiyasini rasmiylaştiriş jarayoni 3-fevral kuni yakunlanişi maʼlum qilindi.
❗️Vazirlik çet ellik jurnalistdan uzr söradi.

Şu bilan polşalik jurnalist Agneşkaning voqeasi mana şunday yakun topdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek