Jurnalist va blogerlar örtasida Zakovat finali bölib ötadi
Bugun — final!
Bugun, soat 18:00-dan boşlab, jurnalist va blogerlar örtasida ötkazilgan “Zakovat” turnirining finali bölib ötadi. Unda 3-örin uçun “Fiyesta” va “Creativ team” jamoalari kuç sinaşadi.
Çempionlik masalasi esa “Energy” (yuqoridagi suratda çap tomonda) hamda “Million ilinjida” (suratda öng tomonda) jamoalari örtasida hal böladi. Final yonişi kutilmoqda!
Ikkala finalçilar ham intellektual öyinlar uçun begona emas. Jumladan, ular har hafta böladigan Quiz öyinlariga kelişadi. “Million ilinjida” jamoasi bloger Nurbek Alimov sardorligida “Alimoff Team” nomi ostida, “Energy” esa “Nostalgy” hamda “Mac Bro” nomlari bilan Quiz öyinlarida qatnaşadi.
Joriy haftada ham ular finalga tayyorgarlik sifatida ikkita Quiz’da qatnaşişdi.
Çorşanba kuni Zakovat Quiz öyinida “Alimoff Team” 4-örinni, “Nostalgy” esa 6-örinni olgan bölsa, payşanba kuni UzQuiz’da “Mac Bro” 2-örinni, “Alimoff Team” esa 14-örinni oldi.
Boşqaça aytganda, ikki jamoa qarama-qarşiligi va ruhiy hujumlari allaqaçon boşlanib ketgan.
Köramiz, bugun finalda kimning qöli baland kelar ekan.
👉 @xushnudbek 👈
- 🐳 1096


