Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Hayotni qonuniy doiraga qaytariş kerak

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Manba:davletovuz

Hayotni qonuniy doiraga qaytariş kerak

Hamma öz işini qilsa, qilganda ham sifatli qilsa — bundan hamma yutadi. Davlat ham prokurordan qonunda belgilangan vazifalari ijrosini talab qilsa, sudyadan ham odil sudlovni sörasa, haqli, asosli va örinli böladi. Yoşlar bandligi bilan şuğullanadigan prokuror, ayollar muammolarini örganayotgan sudya Özbekistondagi muammolarning yeçimi emas. Eng yomoni, bunday tajribalar nafaqat ayollar va yoşlar muammolarini tizimli hal qilmaydi, sud va prokuratura tizimida ham boşqa tizimli muammolarning yuzaga kelişiga sabab böladi. Örtada yana fuqaro sarson böladi. Boşqa tuzilmalardan farqli ölaroq bu ikki tuzilma — mamlakatda qonuniylik va adolat uçun masʼul idoralar.

Bugun mahallabay yurişga jalb qilingan bank xizmatçisi mijozbay işlaşi kerak bölgan bankda mijozning kutib qolişiga, mutaxassis, xodim yetişmasligiga, işlarning vorisiyligi yöqolişiga, isteʼmolçining asabi, ortiqça vaqti ketişiga sabab bölmoqda, kengroq maʼnoda iqtisodiyot yutqazmoqda. Bank mahallabay yurişga yangi xodim olmayapti, bor resurslaridan foydalanayapti. Majburiy mehnat elementlari haqida gapirmasa ham böladi.

Yaqindagina şu yölni bosib ötgandik-ku. Qayta-qayta savol berişimiz kerak: xöş, bu işlar özini oqladimi? Nega doim velosiped kaşf qilaverişimiz kerak? Prokurorlar haqiqatdan ham 100 ta iş örni yaratdimi? Özi yaratişi kerakmi? Közböyamaçilik uçun işlamayaptimi? Prokurorning, sudyaning, bank xizmatçisining öz işi bilan şuğullanmasdan boşqa işlar bilan bandligi yaratilgan şartli 500 ta iş örni yaratiş uçun harakatlari mamlakatga öta qimmatga tuşmayaptimi? Xalq prokuror yoki suddan norozi bölişi mumkin, lekin heç qaçon işsizligi, svet-gazi yöqligi uçun emas. Xalq ulardan öz qonuniy vakolati doirasida bajarayotgan/bajarmayotgan işlaridan norozi bölişi mumkin.

Aholi muammolarini örganiş uçun xalq qabulxonalari tizimi yaratilgan. Öşaning özi yetadi. U nafaqat murojaatlarni qabul qilib, turli idoralarga yuboradigan, balki aholi kötarayotgan muammolarni tizimlaştirib, tahlil qiladigan, aholining kayfiyatini örganib, rahbariyatni xabardor qiladigan, kerak bölsa, öşa muammolarga tizimli yeçim taklif qiladigan ijtimoiy institut bölişi kerak. Yalpi safarbarlikdan tizimli işlaşga, qonuniy doiraga qaytişning vaqti keldi. Qança tez bölsa, şunça yaxşi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek