Akram Rahmonqulov ishi bo‘yicha yangi tafsilotlar

Matn23-aprel, 2021, 14:361 daqiqa0 koʻrish

Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev Jizzax viloyati hokimining sobiq örinbosari Akram Rahmonqulov işi haqida

“Sönggi yillarda jamoatçilik, ayniqsa blogerlar korrupsiyaga qarşi kuraşişda faollaşganini aytib ötmoqçiman. Birgina Jizzax viloyati hokimi örinbosari Rahmonqulovning korrupsiyaviy qilmişlari töliq foş qilinişida ularning hissasi katta böldi.

Aytiş joiz, Rahmonqulov 2018-yilda viloyat hokimi örinbosari etib tayinlangaç, uyuşgan guruh tuzib, milliardlab budjet mablağlarini talon-toroj qilib kelgan. Şu maqsadda viloyatda quriliş sohasi rahbarligiga hamda viloyat tender komissiyasiga taniş-bilişlarini qöyib, ular orqali özining ğarazli maqsadlariga şaroit yaratgan.

Xususan, 2018—2020-yillarda Rahmonqulov jami 494 mlrd sömlik 82 ta obyektda quriliş-taʼmirlaş işlarini özining rahnamoligidagi 9 ta pudrat taşkilotlariga topşirib, quriliş işlari hajmini sunʼiy ravişda oşirilgan narxlarda rasmiylaştiriş, qöşib yoziş orqali qariyb 20 mlrd sömlik budjet mablağlarini talon-toroj qilişgan. Bu hozirgaça tergovda aniqlangani.

Tergovda Rahmonqulovga tegişli korxonalarda 12 mlrd söm, Jizzax şahridagi “Eski şahar” buyum bozorida qurilgan 172 ta savdo dökoni, köp qavatli uylarda 14 ta xonadon, 43 ta avtomaşina, 37 ta boşqa köçmas mulklar borligi aniqlanib, zararni undiriş uçun xatlandi. Hozirda Rahmonqulov va uning 10 nafar jinoiy şeriklari qamoqqa olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda”.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek