Rözadorlar uçun tilni tiyiş va odob haqida hadis
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Baʼzi rözadorlar borki, ularga rözasi uçun oçlikdan özga narsa bölmas. Baʼzi tunda bedor bölgan borki, ularga bedorligi uçun uyqusizlikdan özga narsa bölmas», dedilar».
Ibn Moja, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar.
Baʼzi bir kişilar rözani tutib olib, tilini tiymay, yolğon gapiradilar, iğvo, böhton, ğiybat qiladilar, turli yomon işlardan özlarini tiymaydilar. Bunday kişilar rözaning foydasidan, savobidan mahrum böladilar. Ularga röza tutişdan faqat oç qolganligi qoladi, xolos.
Şuning uçun kim rözadan töla manfaat olmoqçi, savobiga töliq erişmoqçi bölsa, özini taom va şarobdan taşqari behuda, bölmağur gap-söz va amallardan tiymoği lozim.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈


