Jamoatçilik kengaşi maktablarni öquv qurollari bilan taʼminlaşni söradi

Matn22-aprel, 2021, 18:341 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi murojaati

Jamoatçilik kengaşi aʼzolari tomonidan umumtaʼlim maktablarida taşkil qilingan uçraşuvlar hamda ötkazilgan ommaviy sörovnomalar davomida geografiya, kimyo, tarix va matematika fani öqituvçilari özlarini qiynab kelayotgan sohadagi ayrim muammolarni bayon qilişdi.

Jumladan, mazkur fan darslari davomida foydalaniladigan zaruriy anjomlar, Özbekiston va dunyo xaritalari, tabiiy xaritalar, Mendeleyev kimyoviy jadvallari, çizğiç, transportir, tsirkul kabi öquv qurollari Xalq taʼlimi bölimlari tomonidan asosan kapital rekonstruksiyaga tuşgan maktablar uçun berilmoqda. Boşqa maktab öqituvçilari öz şaxsiy mablağlari evaziga xarid qilişmoqda. Boz ustiga ayrim anjomlarni, xususan tabiiy xaritalarni şaxsiy mablağlar evaziga ham topiş qiyin bölayotganini maʼlum qilişdi.

Şunga köra, Jamoatçilik kengaşi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni tavsiya etadi:

1) Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan respublikadagi umumtaʼlim maktablarida yuqorida nomlari tilga olingan öquv qurollariga bölgan mavjud real ehtiyojni aniqlaş;

2) barça maktablarni ikki yilda bir marta xaritalar hamda jadvallar, har beş yilda geometrik öquv qurollari bilan taʼminlaş tizimini işlab çiqiş maqsadga muvofiq deb öylaymiz.

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek