Musulmonning musulmon oldidagi oltita haqqi
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sallallohu alayhi vassalam şunday deganlar:
“Musulmonning musulmon oldida oltita haqqi bor: agar uçratib qolsang, unga salom ber!; agar çaqirsa, unga javob ber!; agar senga nasihat qilsa, nasihatga amal qil!; agar aksirsa va Allohga hamd aytsa, unga “yarhamukalloh” degin! agar kasal bölib qolsa, borib kör! agar vafot etsa, uning orqasidan yur!»
Imom Muslim rivoyat qilgan.
Salomni oçiq beriş sunnati muakkadadir. U musulmonning musulmon oldidagi haqqidandir. Allohning huzurida salom berayotgan insonning darajasi alik olayotganning darajasidan bir daraja ustun böladi. Salom bergan insongina Allohning huzurida eslanadi. Agar salomiga heç kim alik olmasa, maloikalar alik oladilar.
Ibn Hibbon şunday deganlar: “Aqlli odam ommaning oldida salomni oçiq berişi kerak. Çunki agar kim odamlarga salom bersa, qul ozod qilganga öxşaydi. Salom beriş manmanlikni va körolmaslikni ketkazadi. Odamdagi nafratlaniş va körolmaslikni ketkazadi. Hijronni kesadi va özaro birodarlikni musaffolaştiradi”.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈



