Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida qurolli toʻqnashuv

Albom29-aprel, 2021, 18:464 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qirğiziston-Tojikiston çegarasida ziddiyat boşlandi. Tomonlar öt oçişmoqda.

28-aprel kuni Qirğiziston va Tojikiston çegarasidagi qişloqda mahalliy aholi örtasida mojaro yuzaga keladi. Mazkur mojaro yanada kuçayib, bugun ertalab vaziyat keskinlaşib ketadi. Ikki davlat harbiylari özaro öt oçişni boşlab yuborgan. Hattoki oğir qurollar va tanklardan foydalanişga ham ötişdi.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Qirğiziston-Tojikiston davlat çegarasidagi töqnaşuvlar böyiça bayonot berib, qöşnilarimiz çegarasida vaziyatning keskinlaşişi töğrisidagi xabarlar Özbekiston Respublikasida jiddiy xavotir uyğotganini maʼlum qildi.

Özbekiston tomonlarni töqnaşuvlarni zudlik bilan töxtatiş, vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça birgalikdagi çoralarni köriş va keskinlikning yanada ortişiga olib kelişi mumkin bölgan harakatlardan tiyilişga çaqirdi.

Işqilib, tinçlik bölsin, tomonlar tezroq til topişsin. Qöşning tinç, sen tinç, deb bejizga aytişmagan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek