Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Qirğiziston bilan çegaradagi vaziyat böyiça rasmiy bayonot

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Qirğiziston bilan çegaradagi vaziyat xususida rasmiy bayonot

Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlarining xabar berişiça, 2022-yilning 5-may kuni özbek-qirğiz Davlat çegarasining Namangan viloyati Yangiqörğon tumani Oqtom qişloği hududidan ötgan qismida bir guruh nomaʼlum şaxslar tomonidan Özbekistondan Qirğizistonga noqonuniy ravişda köp miqdordagi tovar-moddiy boyliklarini olib ötilayotganligi özbek çegara naryadlari tomonidan kuzatilgan va uşbu qonunbuzarlikni oldini oliş böyiça çoralar körilgan.

Çegara naryadi tomonidan Davlat çegarasi buzğunçilarini qölga oliş vaqtida, qoidabuzarlarning bir guruhi harbiy xizmatçilarga nisbatan qarşilik körsatib, kuç işlatib, tan jarohatlari yetkazgan va qurollarni olib qöyişga harakat qilgan.

Uşbu holatda harbiy xizmatçilar qonunçilikda belgilangan tartibda qurol qöllaşga majbur bölganlar. Natijada, 3 nafar şaxslar yaralanib, ularning jinoiy şeriklari tomonidan Qirğiziston hududiga olib ketilgan.

Hodisa tafsilotlarini aniqlaş maqsadida, 5-may kuni zudlik bilan Özbekiston va Qirğizistonning hudud böyiça çegara vakillari örtasida uçraşuv ötkazildi. Şuningdek, 6-may kuni Farğona vodiysi yönalişi böyiça va Qirğizistonning Jalol-obod viloyati böyiça çegara vakillarining uçraşuvi bölib ötdi.

Hozirda har ikki tomon holat böyiça tekşiruvlarni davom ettirmoqda, çegarada vaziyat barqaror.

Holat yuzasidan Özbekistonning tegişli huquqni muhofaza qiluvçi idoralari tomonidan 2022-yilning 6-may kuni Özbekiston Jinoyat Kodeksining 223-moddasi (“Qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş”) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 986
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek