Özbekiston-Qirğiziston çegarasida 130 metrlik tunnel aniqlandi
Video24-iyun, 2022, 20:082 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Özbekiston-Qirğiziston çegarasida 130 metrlik tunnel aniqlandi
Bu haqda ÖzA xabar bermoqda. Joriy yilning 23-iyun kuni DXX tezkor tadbir davomida Rişton tumanida yaşovçi fuqaro T.M. boşqaruvidagi yuk avtomaşinasi töxtatildi.
Unda taxminiy qiymati 15 mlrd. sömlik 2707 dona mobil telefonlar borligi aniqlandi.
Tadbir davom ettirilib, T.M.ning yaşaş xonadonidan Qirğizistonning Botken viloyati Qadamjoy rayoni hududiga olib ötuvçi eni 1-1,5 metr, balandligi 2 metr, uzunligi taxminan 130 metr bölgan yer osti yöli mavjudligi aniqlandi. Tunnel orqali Qirğizistondan Özbekistonga noqonuniy tovarlar olib ötilgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 😁 1348

