Şavkat Mirziyoyev çegaradagi vaziyat haqida gapirdi
«Afğonistondagi holat hammamizga saboq bölişi kerak. Çegarada namanganlik bir askarimiz halok böldi» — Şavkat Mirziyoyev
Namanganda saylovçilar bilan uçraşuv çoğida Şavkat Mirziyoyev Afğoniston bilan çegaradagi vaziyat böyiça ham töxtalib ötdi.
«Afğonistondagi holat hammamizga saboq bölişi kerak. Çegaradagi vaziyat har kuni diqqat markazimizda. Heç kimga sarhadlarimizga daxl qilişga yöl qöymaymiz. Çunki Özbekistonda qonun ustuvor, jazo muqarrar.
Kuni keça ham davlatimiz çegarasini buzib ötişga uriniş böldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin biz daxlsizlik masalasida pozitsiyamiz qatʼiy, kerak bölsa, çegaramizni himoya qiliş uçun qurol işlatamiz.
Keçagi vaziyatda ham öz vazifasini şaraf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarça halok böldi. U şu yurt farzandi – namanganlik edi».
👉 @xushnudbek 👈



