Söxdagi çegara mojarosida 187 kişi jarohatlandi
Çegaradagi mojaroda söxliklardan 187 kişi jarohatlangan, 15 kişi Farğonaga olib kelingan
31-may kuni Farğona viloyatining Söx tumanidagi Çaşma qişloği va Qirğizistonning Botken viloyati Qadamjoy tumanidagi qişloq aholisi örtasida yuzaga kelgan mojaro vaqtida söxliklardan 187 nafar kişi turli darajada tan jarohati olgan.
Bugun boş vazir Abdulla Aripov Söxga taşrifini kasalxonaga boriş bilan boşlagan, bemorlar va jarohatlanganlar holidan xabar olgan. Oğir ahvoldagi yaralaganlarni viloyat markaziy şifoxonalariga yetkaziş uçun sanaviatsiya xizmati safarbar etilgan. 1-iyun kuni bemorlarning 15 nafari viloyat markaziga olib kelingan.
Mojaro oqibatida Özbekiston hududidagi uçta xonadonda yonğin yuz bergan.
«Zarar körgan oilalar xonadonlarini qisqa muddatda tiklab beramiz», — deb aytgan Boş vazir Abdulla Aripov.
👉 @xushnudbek 👈



