Söxda tibbiyot turizmi rivojlantiriladi
Söx tumaniga 840 nafar qirğizistonlik kelib, davolangan
Ayni daqiqalarda Şavkat Mirziyoyev raisligida Farğona viloyati faollari bilan yiğiliş bölib ötmoqda. Yiğiliş avvalgilaridan özgaçaroq formatda boşlandi –soha masʼullari, vazirlar va hokimlarning hisoboti, Farğona yuzasidan takliflarini eşitişga köproq vaqt ajratilmoqda.
Jumladan, Söx hokimi Sayidmusayev Sayidbahrom tumandagi vaziyat haqida maʼlumot berdi. Sönggi yillarda Söx tumanida barça sohalar kesimida ösiş kuzatilayotgani, masalan, birgina tibbiyot sohasi böyiça Söx tumaniga qöşni Botken viloyatidan 840 nafar qirğizistonlik kelib, davolanib ketgani taʼkidlandi. Mavjud imkoniyat va talabdan kelib çiqib, tibbiyot turizmini Söxning yangi ösiş nuqtasi sifatida rivojlantiriş reja qilinayotgani maʼlum qilindi. Bundan taşqari Söxda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiya tomonidan yangi soğlomlaştiriş markazlari qurilmoqda.
Şuningdek, Söx hokimi Prezidentga murojaat qilib, tumanning öziga xosligidan kelib çiqib, söxlik yoşlar uçun oliy taʼlim muassasalariga kiriş uçun alohida kvotalar ajratişni iltimos qildi. Davlat rahbari oliy va örta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toşqulovga mazkur masala böyiça puxta öylangan va asoslantirilgan takliflar işlab çiqiş topşiriğini berdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 760

