Söxlik abituriyentlar uçun qöşimça kvotalar taqsimoti
❗️Söxlik abituriyentlar diqqatiga!
Farğona viloyatining Söx tumani yoşlari uçun bakalavriatning kunduzgi taʼlim şakli böyiça davlat granti asosidagi qöşimça qabul körsatkiçlarining OTMlar kesimida taqsimoti belgilandi.
Bu nima degani?
Yodingizda bölsa, Boş vazirning Söxda aholi bilan uçraşuvidan söng, söxlik yoşlarga qöşimça 500 ta kvota ajratilgan edi. Uşbu imtiyozli kvota faqat mana şu röyxatdagi OTMlarga berildi.
Yaʼni Söxda doimiy röyxatdan ötgan abituriyentlar 1-yönaliş sifatida röyxatda nomi keltirilgan 21 ta OTMni tanlaganda, ular avval özaro imtiyozli kvotada bellaşadi, qöşimça kvotaga kira olmaganlar, keyin öz bali bilan umumiy tartibda bellaşadi.
‼️Imtiyozli kvota faqat 1-yönalişga qöllanadi.
Söxliklar boşqa OTMlarga hujjat topşirolmaydimi?
Bemalol topşira oladi, faqat qöşimça kvota 21tadan boşqa OTMlarga berilmaydi, boşqa OTMlarda umumiy, el qatori tanlovda qatnaşadi.
Röyxatdan ötib bölganlar nima qilsin?
Agar söxliklar allaqaçon röyxatdan ötib bölgan va uşbu 21ta OTMlarni tanlamagan bölsa, unda agar xohlaşsa, bugun-erta-indin kunlari DTM saytidagi şaxsiy kabinetiga kirib, "Tahrirlash" tugmasini bosgan holda, tanlagan yönalişlarini qayta özgartirişlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈


