Yetim bolalar uçun OTMlarga qöşimça kvotalar tasdiqlandi
Mehribonlik uyi va bolalar shaharchasi - 2022.pdf
PDF · 310 KB
Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari uçun qöşimça qabul körsatkiçlari taqsimoti
#abituriyent
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari bölgan çin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvçilari, şuningdek, 25 yoşgaça bölgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoşga tölmagan) uçun qöşimça bir foizli davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlarining OTMlar va taʼlim şakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
✅ Unga köra, ular uçun respublika böyiça jami 1 ming 809 ta qöşimça kvota ajratildi. Taʼlim şakllari kesimida:
🔹 kunduzgi taʼlim şakli uçun – 1 230 ta;
🔹 sirtqi taʼlim şakli uçun – 446 ta;
🔹 keçki taʼlim şakli uçun – 99 ta;
🔹 masofaviy taʼlim şakli uçun – 34 ta.
ESLATMA: uşbu imtiyozli kvotalar tanlangan beşta yönalişga ham ötadi. Oddiy holatda faqat birinçi yönalişga taalluqli bölar edi, ammo ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar uçun istisno sifatida beşalasiga ham ötişi belgilangan.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?
Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?
Masalan, Texnika universitetining kunduzgi şaklida ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar uçun 41 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, şu toifadagi 100 nafar abituriyent TDTUga topşirgan. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k.
Yönalişidan qatʼi nazar, mana şu 100 nafar abituriyentlar orasida eng köp ball töplagan 41 nafar abituriyent davlat granti asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 59 nafar ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.
❓Bu toifadagilarga ball qöşib beradimi?
Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈

