Şanba va yakşanba kunlari taksilar harakati taqiqlanadi
❓Şanba va yakşanba kuni taksilar işlaydimi?
Ertalab eʼlon qilgan postim böyiça köplab savollar kelib tuşmoqda. Uşbu savollar böyiça Içki işlar vazirligining rasmiy vakili bilan boğlanib, aniqlik kiritdim. Demak, 18-19-iyul hamda 25-26-iyul (şanba va yakşanba) kunlari butun sutka davomida:
❌ taksilar faoliyat olib borişi mumkin emas. Stikeri bormi, litsenziyasi bormi, farqi yöq, barça hollarda taksida odam taşiş taqiqlanadi;
✅ yetkazib beriş xizmatlari (keytering) odatdagiday faoliyat yuritaveradi. Taksilar aynan yetkazib beriş xizmatida şanba-yakşanba kunlari işlaşi mumkin. Maxsus komissiya qarori bilan, yetkazib beriş xizmati taşkilotlarining avtotransport vositalariga stikersiz yuriş huquqi berilgan.
❗️ şanba va yakşanba kunlari oziq-ovqat dökonlari ham yopilmaydi, ular faoliyat olib boradi. Xususan, bu haqda "Korzinka" va "Makro" supermarketlar tarmoqlari rasman maʼlum qilişdi.
🤦♂️ şu sababli, iltimos, xuddi 2 yilga qamalda qolib ketayotgan odamlarday bugun dökonlarga yopirilib bormang, aksinça bunaqa talatöpda virus yuqtirib olişingiz mumkin axir!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


