Qaşqadaryoda karantin çeklovlari yumşatilmoqda
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Samarqand va Namangan – “qizil hudud”. Şu sababli uşbu viloyatlarda karantin çeklovlari saqlab qolinadi.
Surxondaryo – “sariq hudud” deb topildi.
Qaşqadaryo esa – “yaşil hudud”. Viloyat matbuot xizmatining xabar berişiça, şu sababli Qarşi şahrida örnatilgan bir qator çeklovlar ertadan, yaʼni 7-may sanasidan bekor qilinadi. Jumladan:
- ertadan Qarşi şahrida yönalişsiz taksilarga ruxsat beriladi (3 kişidan oşmagan yölovçi bilan, karantin qoidalariga amal qilgan holda);
- ammo, «DAMAS» avtomaşinasi va avtobuslarga ruxsat berilmaydi;
- şaxsiy avtomobillarda, motosikl, skuter va velosipedlarda karantin qoidalariga rioya qilib Qarşi şahar içida stikersiz 24 soat davomida harakatlanişga (maqsadli) ruxsat beriladi;
- sartaroşxonalarga ham ruxsat beriladi;
- savdo dökonlariga ham ruxsat beriladi (bunda mahsulotlarni taşqariga yoymagan va karantin qoidalariga amal qilgan holda);
- mehmonxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi (nonuştasiz va karantin qoidalariga amal qilgan holda).
👉 @xushnudbek 👈

