8-9-avgust kunlari transport harakati töxtatiladi
❌🚘 Bugun va ertaga avtotransport vositalarining harakati töliq töxtatiladi
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan bugun va ertaga, yaʼni 8-9-avgust (şanba va yakşanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlaniş, avtotransport vositalarining, şu jumladan, yönalişsiz taksilarning harakati töliq töxtatiladi.
🚙 Şanba va yakşanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomaşinalarga harakatlaniş uçun ruxsat beriladi:
1) maxsus ruxsatnoma (stiker)lari bor maşinalar;
2) maxsus ruxsatnoma (stiker)siz yuriş huquqiga ega bölgan avtomaşnalar. Ularning töliq röyxati mana bu yerda:
t.me/xushnudbek/6290
❓Taksilar işlaydimi?
Şanba va yakşanba kunlari butun sutka davomida:
❌ taksilar faoliyat olib borişi mumkin emas. Stikeri bormi, litsenziyasi bormi, farqi yöq, barça hollarda taksida odam taşiş taqiqlanadi;
✅ yetkazib beriş xizmatlari (keytering) odatdagiday faoliyat yuritaveradi. Taksilar aynan yetkazib beriş xizmatida şanba-yakşanba kunlari işlaşi mumkin. Maxsus komissiya qarori bilan, yetkazib beriş xizmati taşkilotlarining avtotransport vositalariga stikersiz yuriş huquqi berilgan.
🍞 şanba va yakşanba kunlari oziq-ovqat dökonlari ham yopilmaydi, ular faoliyat olib boradi.
‼️ Eslatib ötamiz, 8-9-avgust (şanba va yakşanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:
• aholiga – “özini özi yakkalaş” hayot tarziga qatʼiy rioya etgan holda öz uylarida qoliş;
• davlat organlari va muassasalari, xöjalik birlaşmalari hamda boşqa taşkilotlarga – xodimlarni işga jalb etmaslik, xodimlarning uşbu kunlarda uyda qolişi uçun şaroit yaratiş.
👉 @xushnudbek 👈

