10-iyuldan avtotransport harakatiga cheklovlar oʻrnatiladi

Matn9-iyul, 2020, 06:002 daqiqa0 koʻrish

Manba:UzA | Tezkor xabarlar

10-iyuldan avtotransport çekloviga oid yangi tartib qanday böladi?

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan eʼtiboran respublika miqyosida avtotransport vositalarining harakatini çeklaş böyiça quyidagilarni nazarda tutuvçi tartib joriy etilmoqda:

❌ Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahriga avtotransport vositalarining kirişi va çiqişi (viloyatlararo qatnov) töxtatiladi (Toşkent şahridan Toşkent viloyatiga hamda Toşkent viloyatidan Toşkent şahriga kirib-çiqiş bundan mustasno);

🚌 jamoat transporti harakati töxtatiladi;

🚗 avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanişga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00-dan – 10.00-gaça, 17.00-dan – 20.00-gaça) tegişli hudud doirasida (Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri miqyosida) fuqarolarning iş joyiga borib-kelişi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinçi galdagi mahsulotlarni xarid qiliş uçun harakatlanişiga ruxsat beriladi;

🚧 viloyatlar markazlari, Toşkent va Nukus şaharlari atrofidagi yöl patrul xizmati maskanlari, blokpostlar va tösiq postlar faoliyati kuçaytiriladi.

🛴🚲 Karantin davrida fuqarolarning mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanişiga faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda hayotiy zarur ehtiyojlari – dori vositalari, oziq-ovqat va birinçi galdagi mahsulotlarni xarid qiliş, şifokor körigiga murojaat etiş, şuningdek, iş joyiga boriş va keliş uçun ruxsat etiladi.

✅ Avtotransport vositalari harakatlanişi uçun Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin çeklovlari amal qiliş davrida qöllaniladi.

✔️ Viloyatlararo va şaharlararo qatnovlarni amalga oşiriş böyiça belgilangan çeklovlar dehqon va fermer xöjaliklari tomonidan yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini (meva-sabzavot, poliz, kökat mahsulotlari va b.q.) joylarga yetkaziş va sotiş maqsadida viloyatlararo va şaharlararo qatnovlarni amalga oşirişga tatbiq etilmaydi.

👉 Bunda dehqon va fermer xöjaliklarining avtotransport vositalari bozorlar, yarmarkalar va savdo nuqtalariga kiritişdan oldin dezinfeksiya qilinadi.

➡️ @uzauz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek