Oliy taʼlim muassasalariga kiriş testlari onlayn bölmaydi
⚡️Testlar onlayn bölmaydi
2020-yil 8-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Respublika maxsus komissiyasining axboroti yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.
Mazkur matbuot anjumanidan söng turli manbalarda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga kiriş imtihonlari onlayn bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Ammo Davlat test markazi mazkur xabarlarni rasman rad etib, bayonot berdi.
Hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini har yilgi şaklda, katta siğimli binolarda, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilgan holda ötkaziş böyiça tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.
“Şuni maʼlum qilamizki, davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga kiriş imtihonlarini ötkaziş tartibi özgarmagan”, - deyiladi bayonotda.
👉 @xushnudbek 👈



