DTM ballar oşganligiga izoh berdi
DTM ballar oşganligiga izoh berdi
Davlat test markazi joriy yilda maksimal ball olgan abituriyentlar soni köpayganligi mavzusida rasmiy bayonot berdi. Uni töliqligiça keltiramiz:
«2020-2021-öquv yilida ötkazilgan davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga kiriş test sinovlarida 1 240 614 (95,1%) nafar abituriyent iştirok etdi. Ular orasida maksimal ball (189 ball) olganlar ham köp kuzatildi. Buni baʼzi ijtimoiy tarmoqlarda bir yoqlama talqin qiliş holatlari kuzatilmoqda. Şulardan kelib çiqqan holda holatga aniqlik kiritiş maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Bölib ötgan test sinovlari natijalarini tahlil qiliş davomida maksimal ball olgan abituriyentlar soni avvalgi yillarga qaraganda köpayganligi aniqlandi. Buning bir neça sabablari bor. Maʼlumki, mamlakatimizda pandemiya şaroitida joriy etilgan karantin çeklovlari davrida boşqa sohalar kabi taʼlimda ham, jumladan, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga qabul test sinovlariga tayyorgarlik köriş, ötkaziş va abituriyentlarning puxta tayyorgarlik körişlarida murakkab vaziyatlar yuzaga keldi.
Holatlarni hisobga olgan holda va abituriyentlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida Prezidentimiz rahbarligida, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan bir qator yiğilişlarda kiriş imtihonlarini soddalaştiriş böyiça topşiriqlar berildi hamda muhim qarorlar qabul qilindi. Şulardan kelib çiqib, kiriş imtihonlari jarayonida abituriyentlar uçun yanada keng imkoniyatlar yaratildi. Ularga töxtalib ötamiz:
👉 2019-yildan boşlab umumtaʼlim fanlaridan test savollari töplami naşr etildi va uşbu töplamda işlatilgan savollar bazasining 20 foizidan köproği kiriş test jarayonlarida foydalanildi;
👉 Telegram tarmoğida e-sinov tizimidan abituriyentlarga bepul foydalaniş imkoniyati yaratildi (test sinovlariga qadar 1,4 mlndan ortiq abituriyent uşbu xizmatdan bepul foydalandi);
👉 Test topşiriqlari soddalaştirildi. Bunda avvallari qöllanilgan 4-daraja qiyinlikdagi (eng qiyin) savollar umuman olib taşlandi, bu yil ular işlatilmadi, 3-darajali savollar soni kamaytirildi va 1-darajali savollar soni tegişli ravişda oşirildi (12 ta savol – 1 darajali, 12 ta savol – 2 darajali, 6 ta savol – 3 darajali). Şuningdek, barça umumtaʼlim fanlari böyiça nazariy savollarning soni köpaytirildi, öquv-laboratoriya maşğulotlariga oid, rasmli, xaritali va jadvalli test topşiriqlari soni oşirildi;
👉 Milliy va xalqaro sertifikatlarning tegişli darajasiga, pandemiya davrida işlab çiqilgan IELTS Indicator sertifikatiga ega bölgan abituriyentlar uçun ham maksimal ball beriş belgilandi;
👉 Xalq taʼlimi vazirligi va Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarning test sinovlariga puxta tayyorgarlik körişlari uçun “Onlayn repetitor” teledasturlari muntazam efirga uzatildi;
👉 Joriy yil uçun istisno tariqasida test sinovi topşiriladigan 5 ta fandan 2 ta mutaxassislik fani qoldirildi;
👉 Har bir töğri deb topilgan javobga ball beriş tizimi özgartirilib, birinçi va ikkinçi fan uçun mos ravişda 3,2 hamda 3,1 balldan berildi, oldingi yillardagi kabi 1,1 ball beriş qöllanilmadi;
👉 Test sinovlarini topşiriş uçun ajratilgan vaqt meyori oşirilib, amaldagi tartibda körsatilgan 2 soat örniga 3 soat etib belgilandi.
Test sinovi qançalik murakkab jarayon bölmasin, qayd etilgan özgariş va taqdim etilgan imkoniyatlar abituriyentlarning yuqori natijaga erişişiga asosiy sabab bölib xizmat qildi», - deyiladi DTM bayonotida.
👉 @xushnudbek 👈


