Test sinovlariga oid kutilayotgan özgarişlar tahlili

Matn17-fevral, 2019, 18:452 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Test sinovlariga oid özgarişlar haqida

Xabaringiz bor, test sinovlari böyiça ötgan yilgidan ham katta özgarişlar kutilmoqda. Bu kunlarni körmay ötib ketamizmi, deb qörqayotgan edik ))

Biz keça muhokamaga joylaştirilgan Prezident qarorining loyihasini öqidik. Bunda 2 ta jihatni yaxşilab tuşunib olişimiz kerak:

birinçidan, bu - loyiha. Yaʼni rasman tasdiqlangan emas va u Sizlarning takliflaringiz bilan takomillaştirilişi mumkin. Şuning uçun ham muhokamaga qöyildi.

ikkinçidan, bu - Prezident qarori. Yaʼni unda ustuvor va umumiy körsatmalar beriladi. Prezident qarorida testda neçta savol bölişi, neça daqiqa vaqt berilişi, abituriyent nimalar qilişi yozilmaydi. Prezident qaroridagi ustuvor körsatmalarni amaliyotga tatbiq etişning aniq tartibi Vazirlar Mahkamasi qarori va boşqa hujjatlar bilan belgilanadi.

Keçagi loyihani öqib, ayrimlar voqealar rivojidan ança ilgarilab ketişga harakat qilmoqda. "Unday bölsa, bunday bölarmikin, bunday bölsa, unday bölarmikin" degan taxminlar hozirça özini oqlamaydi. Qanday bölişini sabr qilib, sal kutsak, bilib olamiz.

Mendagi maʼlumotlarga köra, test tartibiga oid yana bir neçta qonunosti hujjatlari tayyorlanmoqda, ularda barça jarayon batafsil aks etgan.

Masalan, joriy yildan quyidagi özgarişlar bölişi mumkin:

👉 ilk marotaba testga kirayotgan bitiruvçilar hamda avvalgi yilda testdan yiqilgan abituriyentlar alohida test topşiradi. Alohida deganda, yoki boşqa pavilyon, yoki boşqa kun nazarda tutilmoqda. Lekin savollar paketi va darajasi bir xil böladi. Bundan közlangan asosiy maqsad, «kalla», «paravoz», «snayper» kabi usullarga imkon bermaslikdir.

👉 abituriyentlarga test sinovlaridan 1-2 kun oldin tarqatiladigan ruxsatnoma (xalq orasida «DTM» deyiladi) berişga çek qöyiladi. Bu ortiqça ovoragarçilik va sarson bölişning oldini oladi. Boz ustiga abituriyentlar istalgan OTMga özlari joylaşgan hududlarda hujjat topşiriş tizimi yölga qöyilişini inobatga olib, ularni yana bir marta uzoq joyga kelişlarini talab etmaslik maqsad qilinmoqda.

👉 abituriyentlar özlari hujjat topşirgan hududlarda test sinoviga kirişlari mumkin. Garçi bu biroz şubhali va köp mehnat talab etadigan tartib bölsa-da, buning natijasida 3 soatlik test uçun abituriyentlarning 500-1000 km yöl bosib, sarson bölişining oldi olinadi. Tasavvur qiling, qoraqalpoğistonlik abituriyent ÖzMUga hujjat topşirdi va testni ham Nukusning özida topşiradi. Ertasi kuni natijalari çiqadi.

Xullas, şu va şu kabi hali köp özgarişlar bizni kutib turibdi. Hozirça barçasi rasman tasdiqlanmasidan oldin turli taxminlar va tusmollar bilan xalq orasida tuşunmovçilik keltirib çiqarmasak, yaxşi bölardi. Avval tasdiqlansinçi, agar haqiqatdan notöğri va mantiqsiz tartib bölsa, unda tanqidlarni birinçi bölib özim boşlab beraman, vaʼda beraman ))

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing