Özbekistondagi test sinovlari yakunlariga şaxsiy baho

Matn20-avgust, 2018, 16:202 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun sirtqi taʼlim uçun sönggi test kuni. Birozdan söng 2-smena test sinovlarini yakunlagaç, 1-avgustdan buyon bölayotgan test sinovlari öz yakuniga yetadi. Agar ikkinçi mutaxassislik uçun ham testlar ötkazilsa, unda yana davom etişi mumkin.

Umuman olganda Özbekiston tarixida ilk bora ötkazilgan bunday katta test jarayonlariga 5 ballik tizimda 4+ baho qöyiş mumkin. Ha, kamçiliklar ham böldi. Kördik, eşitdik, gapirdik, yozdik. Bu yil ham qinğirliklarga uringanlar böldi, eplaganlar ham bölganiga işonçim komil. Ayrim holatlarda videolar işlamay qoldi, ayrim holatlarda boşqa texnik nosozliklar kuzatildi. Ayrim holatlarda kiriş eşigidagi nazoratçilardan nolişdi, baʼzan içkaridagi kuzatuvçilar tanqidlarga sabab böldi.

Lekin bularning barçasi umumiy test jarayonlarini izdan çiqaruvçi xato va kamçiliklar emasdi. Kiçik maişiy, iş jarayonida bölişi mumkin xatolar desak yanglişmagan bölamiz. Masalan, 10 yil şu tizimni qattiq uşlab turişsa, 11 yili ham xuddi şu kamçiliklar kuzatilişi mumkin.

Asosiysi haqiqiy tizim yaratilganiga guvoh böldik. Köçadagi olğirlar aynan mana şu tizimni izdan çiqara olişmadi. Har kuni javoblar 1 kunda çiqib turdi. 1-kundagi texnik xato 1 soatdayoq töğrilandi. Test savollari avvalgi yillardagidan ança "odambaşara" böldi. X-variantlar haqidagi miş-mişlar öz isbotini topmadi. Öta şubhali bunkerlar, paravozlar, katta partiyada örniga kirişlar, rektor guruhlari va yana bir qança sxemalar ötgan yillardagiday vahima bölmadi.

Eeeeng quvonarli jihati, bitta pavilyonga minglab abituriyentlar yiğilgan joyda köngilsiz hodisalar bölmadi, Xudoga şukur. Konditsionerlar öçib qolmadi, ommaviy tartibsizliklar bölmadi, yonğin va şu kabi ofatlar kuzatilmadi, xayriyat.

4+ albatta katta baho. Lekin bunda birinçi yil ekanligi, hali birorta amaldor, heç qaysi masʼul ijroçi bu tizimni ilgari körmagan holda şu darajada muvaffaqiyatli ötkaza olganligi inobatga olindi. Masalan, keyingi yili joriy yildagidan birorta ösiş va rivojlaniş sezilmasdan, xuddi bu yilgiday ötsa, unda 3 dan sal ötkazib baholaş mumkin.

Albatta, bu baho mening öta şaxsiy fikrim xolos. "Sen kimsanu, sening qöygan bahong nima bölardi" deyişingiz ham mumkin. Bu fikrda ham jon bor. Test sinovlari boşlangandan toki yakunigaça imkon qadar şu jarayonni içida bölib, abituriyentlar tomonda turib şu qozon içida "qaynaşga" harakat qilganim uçun, öz şaxsiy fikrimni aytay dedim-da.

Fursatdan foydalanib, test jarayonini kötarinki ruhda ötkazişga hissa qöşgan barça mutasaddilarga öz minnatdorligimni bildiraman. Hazilakam kuç-quvvat sarflanmagani aniq, ilohim, keyingi yillarda ham şu tempni uşlab qolib, yanada rivojlantirib, haliyam joni uzilmagan, lekin çalajon bölib yotgan ayrim "tödalar"ni batamom ildizi bilan quritişlaringizga tilakdoşman.

Hurmat bilan,
Xuşnudbek.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Öqiş boşlanişi haqida maʼlumot

    01 daqiqa

Yana oʻqing