Jamiyatda befarqlik va Amber Alert tizimi haqida
Bugun dam oliş kunida 2 ta yaxşi post öqidim. Birinçisi - Farxod Fayzullayevning kanalida. Postni töliq havola qilaman:
«Keça Kanadaning eng ommabop jurnallaridan birida «Sizlar jirkanç odamlarsiz» degan maqola çiqibdi. (havola)
14-fevral kuni Ontario provinsiyasida 11 yoşli qiz otasi tomonidan öğirlab ketildi. Qizi kelavermagaç, onasi (qizning ota va onasi alohida yaşaydigan bölgan) politsiyaga murojaat qilgan. Politsiya holatni örganib, Amber Alert — «Zarğaldoq trevoga» kötardi.
Amber Alert — «Zarğaldoq trevoga» Kanada va AQŞda voyaga yetmagan bola yöqolgani yoki öğirlab ketilganida kötariladi. Bunda politsiya oyoqqa turib, yöqolgan bola töğrisida maʼlumot barça telekanal, radiokanal, smartfonlar, köçalardagi tablolar orqali uzatiladi. Televizordagi barça kanallardagi körsatuvlar töxtatilib, örniga qidiruv haqida eʼlon qilinadi. Maqsad — aholi yordami bilan bolani tezroq topiş.
Trevoga natijasida bolani öğirlagan otaning maşinasi topildi. Ming afsuski, u paytda ota öz qizini öldirib bölgan ekan...
Yuqoridagi maqola yozilişiga odamlarning uşbu trevoga tunda kötarilganidan norozi bölganidir. Çunki bunday trevoga paytida, telefoningiz ovozi öçirilgan bölsa ham, u baland ovozda jiringlab, ogohlantiradi.
Muallif trevogadan norozi bölganlarni qattiq tanqid ostiga olgan. «Bolalar xavfsizlikda yaşaşini xohlasangiz, bunday ögirilib, telefoningizni tekşiring. Agar erinsangiz, unda çinakamiga jirkanç odam ekansiz», deydi muallif.
«Biz juda qulay yurtda yaşaymiz. Maşinalarimiz örindiqlari isitiladi. Kurtkalarimizda blyutus bor. Qaynoq ovqatlarimizni ostonamizgaça yetkazib berişadi. Borgan sari köproq umr köryapmiz, jinoyatçilik esa tarixdagi eng past körsatkiçlarda.
Bunga qanday erişdik? Çunki biz jamiyat bölib, bir-birimiz haqida qayğurdik. Çunki biz özgalar haqida qayğursak, ular ham biz haqimizda qayğurişadi», deb xulosa qiladi maqola muallifi.
Maqoladan çiqargan xulosam şuki, hamma narsani «davlat»ga taşlab qöyiş yaramaydi. Bolani topiş politsiyaning işi, deb befarq böliş; korrupsiyaga qarşi kuraşiş mening işim emas, deb, köz yumib ketiş; jinoyatni körganda ahamiyat bermaslik — bu bilan biz rivojlangan, yaşaş uçun qulay jamiyatga aylanmaymiz. Özbekiston rivojlanişini xohlasak, davlatdan kutmay, özimiz ham harakat qilişimiz kerak.
Maşinalar yöl qoidasini buzganini Feysbukka qöygan odamni «terpila» deb haqorat qilmasdan, unga rahmat aytişimiz kerak. Xalqdan yordam kerakligini davlat organlari ham tuşunib yetyapti, şuning uçun ham qoidabuzarlik haqidagi maʼlumot uçun GAI pul tölaydigan bölyapti. GAIga pul tölamaysiz. Aksinça, ular sizga pul tölaydi! Qoyil-a?
Kalgarida politsiya juda kam, köçalarda deyarli körinmaydi. Kameralar ham Toşkentdagidan kam. Lekin yöllar tartibli. Sabablaridan biri — qoida buzsangiz, kimdir bu haqda albatta politsiyaga xabar beradi. Çunki qoida buzilişi kimningdir ölimiga olib kelişi mumkin.
Odamlar bir-biriga qayğuradigan jamiyatda şunday yöl tutiladi, degan xulosaga keldim. Özbekiston ham yaşaş uçun qulay davlatga aylanişini xohlasak, biz ham qöl qovuştirib ötirmasdan, jamiyat hayotida faol iştirok etişimiz kerak».
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

