Şanba va yakşanba kunlari maşinada harakatlaniş tartibi
❓🚘 Şanba va yakşanba kunlari kimlar avtomaşinada harakatlanişi mumkin?
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy yilning 18-19-iyul hamda 25-26-iyul (şanba va yakşanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlaniş, avtotransport vositalarining, şu jumladan, yönalişsiz taksilarning harakati töliq töxtatiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir video tarqaldi, unda içki işlar organlari xodimi şanba va yakşanba kunlari harakat butunlay töxtatilişi, faqat tez tibbiy yordam maşinasigagina yurişga ruxsat berilişi, şu sababli 2 kunga kerakli oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini ğamlab qöyişni tavsiya qilgan.
Şu videodan söng köpçilik “şanba va yakşanba kuni faqat tez yordam yura oladimi xolosmi, boşqa maşinalarga ruxsat yöqmi”, deya söramoqda.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, şanba va yakşanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomaşinalarga harakatlaniş uçun ruxsat beriladi:
1) maxsus ruxsatnoma (stiker)lari bor maşinalar;
2) maxsus ruxsatnoma (stiker)siz yuriş huquqiga ega bölgan avtomaşnalar. Ularning töliq röyxati mana bu yerda:
t.me/xushnudbek/6290
❗️Eslatib ötamiz, 18-19-iyul hamda 25-26-iyul (şanba va yakşanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:
• aholiga – “özini özi yakkalaş” hayot tarziga qatʼiy rioya etgan holda öz uylarida qoliş;
• davlat organlari va muassasalari, xöjalik birlaşmalari hamda boşqa taşkilotlarga – xodimlarni işga jalb etmaslik, xodimlarning uşbu kunlarda uyda qolişi uçun şaroit yaratiş.
👉 @xushnudbek 👈

