Parlamentda sudyalar mustaqilligi muhokama qilindi

Matn16-iyul, 2020, 22:231 daqiqa0 koʻrish

Parlamentda sudyalar mustaqilligini taʼminlaş masalalari muhokama qilindi

15-iyul kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlaşga kömaklaşuvçi komissiyaning navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.

Unda Surxondaryo hamda Sirdaryo viloyatlarida sudyalar va sud xodimlari bilan bölgan noxuş voqealar muhokama qilindi.

Sudyaning daxlsizligi nafaqat uning turar joyiga, xizmat xonasiga, aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, balki uning foydalanadigan transporti va unga tegişli aşyolar va hujjatlarga ham taalluqlidir, – deydi Qonunçilik palatasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi raisi Jahongir Şirinov. – “Sudlar töğrisida”gi Qonunning 68-moddasiga muvofiq, sudyaga nisbatan hurmatsizlik qiliş, şuningdek uni oçiqdan-oçiq mensimaslikdan dalolat beruvçi xatti-harakatlar qiliş qonunga binoan javobgarlikka sabab böladi.

Yiğiliş aʼzolari Sudyalar oliy kengaşidan yuqoridagi har ikkala holatni çuqur örganiş, qonunbuzarlik holatlari aniqlanganda, töplangan materiallarni mutasaddi idoraga hamda natijasi böyiça Komissiyaga kiritilişi yuzasidan qaror qabul qildilar.

Bundan taşqari, Komissiya qarori bilan Boş prokuraturadan Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida sudyalar daxlsizligiga tajovuz qiliş holatlari yuzasidan suriştiruv harakatlarini alohida nazoratga oliş, Oliy suddan esa sudyalar mustaqilligi kafolatlarini buzganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş böyiça taklif işlab çiqiş söraldi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek