Konstitutsiya özgarmasdan sudlarga tayinlovlar amalga oşirilmoqda
ℹ️ Desertiga: Konstitutsiya hali özgarmadi, lekin bu bilan birovning işi yöq
Sudlarga oid qonunçilik haqida gap ketar ekan, yana bir qiziq maʼlumot haqida aytmoqçi edim.
Xullas, 2020-yil 24-iyuldagi 6034-sonli Prezident Farmonida 2021-yil 1-yanvardan umumyurisdiksiya sudlarini taşkil etiş haqida aytilgan edi. Ammo bunaqa özgariş bölişi uçun eng avval Konstitutsiyaga özgariş kiritilişi kerak. Ana undan keyin esa "Sudlar töğrisida"gi qonunga. Ammo yaqinda Senat raisi taʼkidlaganidek, hali Konstitutsiyaga özgariş kiritiş masalasi umuman körib çiqilayotgani yöq (ammo Rasul Kuşerbayevning maʼlumotiga köra, Qonunçilik palatasi bu masalani allaqaçon körib bölgan).
Agar yil yakunida Senatning boşqa yalpi majlisi bölmasa, unda 1-yanvardan har qanaqasiga ham umumyurisdiksiya sudlari iş boşlamaydi. Çunki yangi sudlar taşkil qiliş, sud tizimini institutsional isloh qiliş faqat Konstitutsiyaga özgariş kiritiş bilangina amalga tatbiq qilinişi mumkin. Boşqaça variant yöq va bölişi ham mumkin emas!
Endi eng qiziğini aytsam. Amaliyotda allaqaçon umumyurisdiksiya sudlari uçun sudyalar lavozimga tayinlanmoqda. Masalan, yaqinda Toşkent şahar umumyurisdiksiya sudi raisi lavozimga tayinlangani xabar qilindi. Tasavvur qilyapsizmi, hali yöq sudga, yöq lavozimga allaqaçon rahbar tayinlanib bölindi. Iya, bu qanaqasi? Balki Konstitutsiyaga özgariş kiritilmas, balki deputatlar va senatorlar bu özgarişlarni yoqlamas, deb savol berişingiz mumkin, albatta. Ha, endi bu faqat nazariy aytilayotgan gaplar xolos. Men bu savollarga javob bera olmayman va javobini özingiz ham yaxşi bilasiz.
Xöp, tuşundik, baribir öşa özgariş böladi, baribir Farmonda aytilgan umumyurisdiksiya sudlari taşkil etiladi, buni deputat yoki senatorlar qöllab-quvvatlaşi aniq, yaxşi. Lekin şu özgarişni Konstitutsiyaning hurmatini joyiga qöyib, keyin qilsa bölmaydimi?
Bu xuddi hali otasi tirik bölsa ham, lekin allaqaçon janozasiga taklifnoma çiqarib qöygan farzandlarga öxşaydi. Hali Konstitutsiya özgarmadiku, sal kutib tursakçi hurmatini qilib?
👉 @xushnudbek 👈
