Sud qarorlari ustidan şikoyat qiliş tartibi muhokama qilindi
Manba:davletovuz
Senator savol bermoqda: yangi tartibga köra, fuqaro sudning hal qiluvçi qarori ustidan 30 kun içida apellyatsiya tartibida şikoyat qiliş mumkin, lekin uşbu muddatda ulgurmasa, kassatsiya tartibida şikoyat qila olmaydi. Bu nega qilinayapti, fuqarolarning huquqlarini çeklamaydimi?
Oliy sud sudyasi Abdil Töxtaşev uşbu savolga javob berdi. Uning javobidan ikkita jihatni alohida körsatib ötişni istardik. U “köpçilik doimo maqtaydigan” Buyuk Britaniya va AQŞdan misol keltirgan. Masalan, apellyatsiya tartibida şikoyat beriş uçun işni körgan sudyaning roziligi kerak emiş. AQŞda esa sudning qarori ustidan şikoyat qiliş juda qimmat turadi. Katta pul tölaş kerak. Bizda u narsalar nazarda tutilayotgani yöq, deydi janob sudya.
Hurmatli sudyamiz mazkur davlatlar sudyalari, ayniqsa, birinçi instansiya sudlari hatto Tramp, Jonsonlarga ham “yöq” deya olişini bilarmikin? Yoki uşbu davlatlarda advokatlar xizmatidan bepul va kafolatlangan holda ham foydalaniş darajasini-çi? Yöqsa, bu öziga kerakli paytda eng zör amaliyotdan misol keltiriş orqali oqlaşga öxşaydi.
Töxtaşevning yana aytişiça, hozirda uşbu normalar hayotga tatbiq etilsa, paydo bölişi mumkin muammolar yiğilayapti ekan. Qonun qabul qilingaç, hafta-ön kun içida maxsus plenum qarori qabul qilib, barça muammolarga javob beramiz, deydi u. Qanday muammo paydo bölişini bilmasdan, qonunni senatgaça olib boriş mumkin edimi? Qani analiz? Nega muammoni qonun emas, plenum qaror bilan töğirlaşga, tuşuntirişga harakat qiliş kerak? Töğridan-töğri işlaydigan qonun çiqariş qiyinmidi? https://www.youtube.com/watch?v=lGKjsTOJrLs
