Innovatsiya bölişi uçun erkinlik kerak

Matn20-dekabr, 2020, 21:071 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Innovatsiya bölişi uçun erkinlik kerak

Garvard universiteti tadqiqotçisi, iqtisodçi Botir Qobilov özining Telegram kanalida yozmoqda:

“Pandemiya ustidan ğalaba heç qanday byurokrat, rahbar, boşliq yoki mutasaddi taşkilot sababli deb bölmaydi. Aksinça, ularning ayrimlari halaqit qiladi faqat.

Moderna’ning vaksinasi Vengriyada tuğilgan olim Katalin Kariko tomonidan yaratilgan texnologiya asosida işlaydi. Moderna’ning taʼsisçilaridan biri Livanda tuğilgan. Pfizer vaksinasi Germaniyadagi turk muhojirlari Ugur Şaxin va Ozlem Turesi tomonidan yaratilgan va öşa vaksinani bozorga olib çiqişda kompaniya boş direktori (SEO) Albert Burla katta rol öynadi, u esa Gretsiyalik muhojir…

Özingizga savol bering: öşa venger, grek, turk öz vatanlarida şu narsalarni amalga oşira olarmidi? Vaqt bilan misli körilmagan poygada ğolib bölişarmidi, yaʼni vaksinani bir yildan kam muddatda bozorga çiqarişarmidi? Albatta yöq.

AQŞda biotexnologiya sohasidagi işlaydiganlarning uçdan biri xorijda tuğilgan mehnat muhojirlariga töğri keladi. Umuman olganda, ilm-fan, innovatsiya nafaqat AQŞda, balki aksariyat rivojlangan mamlakatlarda aynan immigrantlar yordami bilan rivojlanadi.

Innovatsiya kerak. Lekin innovatsiya bölişi uçun xilma-xillik kerak. Odamlar, fikr va ğoyalar xilma-xilligi özgaça yondaşuv va progressga imkon beradi. Va eng muhimi - erkinlik kerak. Inson erkinligi, uning fikrlaş erkinligi va heç qanday mayda-çuyda muammolar, taşvişlar, qoğozbozlik va buyruqlar bilan çalğitmaydigan muhit kerak”.

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek