Majburiy matematika blokida geometriya savollari böladimi
Majburiy blokdagi matematika fani tarkibida geometriyadan savollar böladimi?
Bu haqda abituriyentlardan köplab savollar kelib tuşmoqda. Biz şu masala böyiça DTM bilan boğlandik va quyidagiça javob oldik:
“Matematika fanini geometriyasiz tasavvur qilib bölmaydi. Matematika (majburiy) fanidan test topşiriqlari geometriya fanining davlat taʼlim standarti va öquv dasturida (7-11-sinflar uçun) berilgan mavzulardan şakllantirilmaydi. Lekin matematika fani davlat taʼlim standarti va öquv dasturida (5-6-sinflar uçun) berilgan geometrik materiallardan foydalaniladi va test topşiriqlari şakllantiriladi”.
Xulosa: demak, majburiy blokdagi matematika fanida 7-11-sinflar ötiladigan geometriya fanidan savollar bölmaydi. Lekin matematikadan 5-6-sinf darsliklarida keltirilgan geometriyaga oid mavzulardan savol böladi.
Matematika (majburiy) fani tarkibidagi test topşiriqlari qaysi bölimlardan şakllantirilişi va bölimlarga mos namunaviy test topşiriqlari bilan mana bu yerda tanişişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈


