Bu yilgi test sinovlari böyiça 2 xil ssenariy tayyorlanmoqda
❗️Bu yilgi test sinovlari böyiça ham 2 xil ssenariy tayyorlanmoqda
Bu haqda DTM direktori Madjit Karimov maʼlum qildi.
Joriy yilda 1 mln nafardan köproq abituriyent OTMlarga kiriş uçun hujjat topşirişi kutilmoqda.
Ayni paytda DTM tomonidan testlarni ötkaziş böyiça 2 xil ssenariy ustida iş olib borilmoqda:
1️⃣ Test sinovlarini anʼanaviy şaklda 94 ta katta siğimli binolarda ötkaziş;
2️⃣ agar mabodo karantin qoidalari kuçaytirilsa, test sinovlarini 2020 va 2021-yildagi kabi 53 ta oçiq maydonlar (stadion va xiyobonlar)da ötkaziş.
✅ Menga qolsa, bu yil har nima bölgan taqdirda ham testlarni anʼanaviy şaklda — yopiq pavilyonlarda ötkaziş kerak va asosiysi öşa binolarga aloqani tösuvçi uskunalar örnatiş şart! 2 yil davomida pandemiya deb ança yengilliklar berildi, bu bir tomondan yaxşidir, ammo salbiy oqibatlarini ham kördik. Stadion va boğlarda nazorat qiliş juda qiyin böldi, ayniqsa telefonlarni. Xudoga şukr, hozir ahvol birmunça yaxşi, şu sababli faqat va faqat 1-variantni tanlaş kerak.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1979



