Abituriyentlarning test natijalari va kiriş ballari tahlili
Bugungi kunda yangiliklarning içini öqimasdan, faqat sarlavhasiga qarab gapiradiganlar köp bölgani kabi, ovozli xabarni eşitmasdan fikr bildiradiganlar ham yetarliça topiladi. Şu sababli tepadagi savollarga qisqaça yozma javob berib qöyay:
❓Yuridik universitetda 400 dan oşiq abituriyent eng maksimal - 189 ball olgani rostmi?
JAVOB: Aniq bilmayman. Lekin mendagi dastlabki maʼlumotlar böyiça, bu xabar yolğon. Respublika böyiça 189 ball töplagan abituriyentlar soni 40 (qirq) nafar atrofida. Ammo bu ham rasmiy maʼlumot emas, tez orada rasmiysini bilib olamiz.
❓Bu yil kiriş ballar kötarilib ketadimi?
JAVOB: ayrim talab yuqori bölgan yönalişlarda kötariliş ehtimoli katta. Lekin umumiy örtaça ballni olib qarasak, köp ham ballar kötarilmasa kerak. Çunki 1 yil içida bilimli yoşlarimiz köpayib qolgani yöq, ular öşa-öşaligiça turibdi.
❓X-variantlar tarqalib ketdimi?
JAVOB: DTMdan X-variant tarqalgani haqida heç narsa eşitganim yöq. Ammo köçadagi öqişga olib kiriş bilan şuğullanadigan "tadbirkorlar" testning birinçi kunlarida tuşgan savollarni töplab, X-variant sifatida sotişgani rost. Ayrim savollar takrorlangani hisobiga öşa X-variantlar kimlargadir foyda bergani ham bor gap.
Qolgan gaplarni tepadagi audioxabarda eşitişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

