Apellyatsiya beriş tartibi va muddatlari eʼlon qilindi
Ertadan apellyatsiya beriş boşlanadi
Testdagi natijasidan norozi bölgan abituriyentlar ertaga, 5-sentabr kuni 09:00-dan boşlab apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellyatsiya şikoyati berişlari mumkin böladi. Bu haqda DTM xabar berdi.
❗️ Apellyatsiya arizalari 14-sentabrga qadar 10 kun davomida onlayn qabul qilinadi.
👨🏻💻 Bunda apellyatsiya arizasini bermoqçi bölgan abituriyent dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bölimiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda şaxsiy identifikatsiya raqamini kiritişi lozim.
🖥 Agar abituriyent haqiqatdan ham test sinovlarida iştirok etgan va test sinovlaridan çetlatilmagan bölsa, apellyatsiya arizasini berişi mumkin böladi va ariza beriş oynasi oçiladi. Boşqaça aytganda, testga kelmagan yoki kelgan bölsa ham, dalolatnoma tuzib çiqarib yuborilgan abituriyent apellyatsiya bera olmaydi.
📋 Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni körib çiqiş sanasi va vaqti körsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda şaxsini tasdiqlovçi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga (Toşkentga) kelişi şart.
📆 Apellyatsiya şikoyatlarini körib çiqiş 7-sentabrdan boşlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


