Sud qarorlari ustidan şikoyat qiliş tartibidagi özgarişlar
Fuqarolar sud qarorlari ustidan apellyatsiya bermasa kassatsiya beriş huquqidan mahrum bölib qolişi haqidagi qonun böyiça yana baʼzi qöşimçalar bor edi.
1️⃣ Huquq tizimi boşqa
Eng avvalo senatorlarning savoliga AQŞ va Angliyadan misol keltirilganini hazm qilib bölmaydi. Sababi bu davlatlarning huquq oilasi mutlaqo boşqa, yaʼni anglo-sakson huquq tizimi. Bizning huquq tizimi esa roman-german huquq oilasiga kiradi. Bu ikkisi mazmunan va şaklan bir-biridan keskin farq qiladi. Roman-german huquq tizimidagi davlatda anglo-saksondagi qoidalarni kiritiş, bu xuddi vertolyotga samolyotning qanotini qöyib uçişga urinişga öxşaydi.
2️⃣ Apellyatsiya şikoyatlari sunʼiy köpayişi mumkin
Uşbu qonun kuçga kirgandan söng iş hajmi aksinça sunʼiy oşiş ehtimoli yuqori. Nega? Çunki 1 oy içida apellyatsiya şikoyati berilmasa, keyinçalik kassatsiya şikoyati beriş huquqidan mahrum bölişini bilgaç, fuqarolar yoki ularning advokatlari har qanday holatda ham nomiga bölsa-da apellyatsiya şikoyati berib qöyişga harakat qiladi. Yaʼni öşa sud qaroridan rozimi, norozimi, farqi yöq, eng asosiysi şikoyat qiliş huquqini yöqotib qöymaslik uçun, nomiga, şunçaki rasmiyatçilik uçun apellyatsiya şikoyati berib qöyadi. Ana şunda apellyatsiya instansiyasi qanday qaror çiqarişidan qatʼi nazar, öşa fuqaro maʼlum vaqt ötgandan keyin kelgusi instansiyalarga şikoyat qiliş huquqini saqlab qoladi. Bu xuddi biror kun kerak bölib qolar deb, uyimizda eski-tuski buyumlaru, böş qutilarni saqlab yurişimizga öxşaydi. Körib turganingizdek, bu qonun sunʼiy, xöjakörsinga işlar sonining köpayişiga sababçi bölişi mukin.
3️⃣ Barça yöllar Oliy sudga olib boradi
Qonun qabul qilingaç, Oliy sudda köriladigan işlar hajmi keskin oşişi kutilmoqda. Çunki kassatsiya va nazorat instansiyalarining juda katta qismi Oliy sud tomonidan köriladigan bölyapti. Bunga hozirgi Oliy sudning jismoniy imkoniyatlari ham, taşkiliy quvvati ham yetmaydi. Fuqarolar esa Toşkentga kelib ketişga, poytaxtga serqatnov bölişga majbur bölişadi.
4️⃣ Fuqarolarning eʼtirozlari köpayadi
Juda köpçilik fuqarolar qonunni teran tuşunib yetmaganligi yoki boşqa hali biz bilmagan sabablar tufayli 1 oy içida şikoyat qila olmasa, keyin unga şikoyat qiliş huquqidan mahrum bölganini aytişsa, tabiiyki eʼtirozlar köpayadi. Ha, töğri, qonunni yozayotganlarning bunga javobini taxmin qiliş mumkin: "özing qonunni bilmagansan, ayb özingda" deyişsa kerak. Ammo maqsad xalqning qonunni yaxşi bilmasligidan foydalanib qolişmi yoki ularga nohaq, adolatsiz qarorlar ustidan şikoyat qiliş uçun imkon berişmi, bunisi ham savol ostida. Koşki barça sudlardagi qarorlar adolatli çiqayotgan bölsa...
5️⃣ Avval qonun, keyin muammo
Yuqorida aytilganidek, yangi qonun qanaqa muammolar keltirib çiqarişi mumkinligini hali özlari ham yaxşi bilişmaydi. Lekin avval qonunni qabul qilib olaylik, uyoği bir gap bölar, degan prinsipda iş ketyapti. Bu xuddi rahmatli Hojiboy Tojiboyevning qop-qoronğu payti, birorta çiroği yöq traktorda taxminan haydab ketayotgan traktorçilar haqidagi latifasiga öxşaydi. Bir neçta simyoğoçga urilib, çuqurlarga tuşib, daraxtlarni sindirib ketilaveradi.
👉 @xushnudbek 👈
