Maʼmuriy işlarda yaraşuv instituti joriy etildi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganMaʼmuriy javobgarlikka oid işlarda yaraşuv instituti joriy etildi
Prezident Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yaraşilganlik munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilişni nazarda tutuvçi qöşimça va özgartişlar kiritiş haqida qonunni imzoladi.
Unga köra, endilikda kodeksning quyidagi moddalarida nazarda tutilgan işlar böyiça yaraşuv qöllanilişi mumkin:
➖ 40-modda (tuhmat);
➖ 41-modda (haqorat qiliş);
➖ 45-modda (fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buziş);
➖ 46-modda (fuqaroga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan maʼlumotlarni oşkor etiş);
➖ 46-1-modda (şaxsiy hayot daxlsizligini buziş);
➖ 52-modda (yengil tan jarohati yetkaziş);
➖ 61-2-modda (mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş);
➖ 104-modda (ekinzorlarni payhon qiliş, qişloq xöjalik ekinlarining dalada töplab qöyilgan hosiliga zarar yetkaziş yoki uni yöq qilib yuboriş, köçatlarga şikast yetkaziş);
➖ 133-modda (transport vositalari haydovçilarining yöl harakati qoidalarini buzişi jabrlanuvçiga yengil tan jarohati yoki ança miqdorda moddiy zarar yetkazilişiga olib kelişi);
➖ 134-modda (haydovçilarning yöl harakati qoidalarini buzişi transport vositalarining yoki boşqa mol-mulkning şikastlanişiga olib kelişi);
➖ 183-modda (mayda bezorilik);
➖ 200-modda (özboşimçalik).
Huquqbuzar öz aybiga iqror bölsa, jabrlanuvçi bilan yaraşsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilişi mumkin.
Yaraşuvga oid barça işlar faqat sud tomonidan körib çiqiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

