Ayrim toifadagi yoşlarga qöşimça imtiyozlar beriladi
Ayrim toifadagi yoşlarga qöşimça imtiyozlar beriladi
Hukumat qarori bilan “Mehribonlik” uylari, Bolalar şaharçalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan hamda “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarni qöllab-quvvatlaşga doir quyidagi vaqtinçalik tartiblar tasdiqlandi.
✅ Unga köra:
➖ uşbu yoşlarga haydovçilikka öqiş kurslarida öqiş xarajatlarining BHMning 4 baravarigaça (1 mln 80 ming söm) qismi kompensatsiya beriladi;
➖ safarbarlik çaqiruvçi rezervidagi xizmatni ötaş badali qoplab beriladi.
✅ Şuningdek, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari böyiça nodavlat taʼlim taşkilotlarida öqiş xarajatlarining bir qismini hamda ular böyiça milliy sertifikatlar oliş uçun ötkaziladigan imtihonlarni topşiriş xarajatlari qoplab beriladi.
👉 @xushnudbek 👈


