Xususiy boğça va maktab tölovlari uçun soliq imtiyozi

Matn27-iyul, 2022, 16:112 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz❓Хусусий боғча ва мактаблар учун 1 апрелдан солиқ имтиёзи берилиши айтилганди, шу кучга кирдими? ✅ ЖАВОБ: Йўқ, ҳали бу бўйича қонунчиликка ўзгариш киритилмади.…

RASMAN: farzandini xususiy boğça va maktablarga beradigan ota-onalarga soliq imtiyozi belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonunga köra, soliq tölovçining farzandlariga nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari va (yoki) maktablar körsatadigan taʼlimga oid xizmatlar uçun ota-ona (farzandlikka oluvçilar) tomonidan har bir farzand uçun tölanadigan oyiga 3 million sömgaça bölgan tölovlariga yönaltiriladigan daromadlariga soliq solinmasligi belgilandi.

Yodingizda bölsa, bu mavzu haqida bungaça ham bir neça bor maʼlumot bergandim. Avval aytganimdek, uşbu imtiyoz 2022-yil 1-apreldan kuçga kiradi. Garçi qonun endi imzolangan bölsa ham.

Faqat buning uçun ota-onalar xususiy boğça yoki maktabga qilgan tölovlari haqidagi kvitansiyalarini saqlab qöygan bölişlari kerak böladi. Yil oxirida ular daromadlar haqida deklaratsiya bilan birga barça kvitansiyalarni soliq idorasiga taqdim etişadi va ortiqça tölangan daromad soliği qismini bitta qilib qaytarib olişadi.

ℹ️ Masalan, oyiga 3 mln sömdan xususiy maktabga tölov qilinayotgan bölsa, yiliga jami 36 mln söm böladi. Yil tugagaç, barça 12 oylik tölovlarni tasdiqlovçi qoğoz yoki elektron kvitansiyalar soliq organiga topşiriladi. Soliq organi esa uşbu summadan 12%lik daromad soliğini, yaʼni 4 mln 320 ming sömni sizga qaytarib beradi (adaşmasam, plastikka tuşiriş orqali).

🏢 Agar farzandi uçun xususiy boğça yoki maktabga işxonasi orqali pul ötkazadigan ota-onalar bölsa, unda korxona buxgalteriyasiga daromad soliğini uşlab qoliş böyiça ariza berişlari kerak böladi. Uyoğiga nima qiliş kerakligini buxgalteriyaning özi biladi. Xuddi OTMlarga kontrakt tölovi uçun beriladigan imtiyoz kabi 12% daromad soliği qismini uşlab qolib, xodimning oyligiga qöşib berişadi.

Moliya vazirligi mana bu yerda bu haqda batafsil tuşuntiriş bergan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Maktab formasi 2025-yildan majburiy böladi

    01 daqiqa

Yana oʻqing