Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Kamoliddin Rabbimovga oid sud qarori özgartirildi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Kamoliddin Rabbimovga dastlab 15 sutka qamoq jazosi berilgan, söngra jazo 540 ming sömlik jarima jazosiga almaştirilgan

2022-yil 18-aprel kuni jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida K. Rabbimov (1977-yilda Samarqand viloyatida tuğilgan) va Ş. Samandarov (1997-yilda Navoiy viloyatida tuğilgan) ga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqildi.

Aniqlanişiça, 2022-yil 17-aprel kuni K. Rabbimov va Ş. Samandarov Toşkent savdo markazi (Şayxontohur tumani) oldidagi jamoat joyida şovqin qilib turişgan vaqtda şu yerda xizmat olib borayotgan içki işlar organlari xodimlari kelib, ularning şaxsini aniqlaş maqsadida IIB binosiga taklif qilişganda, ularga qarşilik körsatib, içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularni omma oldida haqorat qilişgan.

Huquqbuzarlar K. Rabbimov va Ş. Samandarovning harakatlari işda mavjud töplangan dalillar, jabrlanuvçi Z. Tursunovning arizasi, guvohlarning tuşuntiriş xatlari va boşqa hujjatlar bilan öz tasdiğini topgan.

Sudning qaroriga köra:

K. Rabbimov MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-moddasi (içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş) da nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ş. Samandarov MJtKning 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Uşbu qaror ustidan K. Rabbimov tomonidan keltirilgan apellyatsiya şikoyati 18-aprel kuni Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasida körib çiqilib, K. Rabbimovga nisbatan çiqarilgan sud qarori özgartirildi.

Qarorga köra, K. Rabbimovga uzil-kesil bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlanib, apellyatsiya şikoyati qanoatlantirildi.

Qarorning qolgan qismi özgarişsiz qoldirildi.

Kamoliddin Rabbimovning özi ozodlikka çiqib, Feysbukda hammasi joyidaligi haqidagi post qoldirdi va «bu işni siyosiylaştirmaslikni sörayman. Bu yerda men tomonimdan yöl qöyilgan xatolar mavjud» deb yozdi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 719
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek