Özbekistonda jarimalarni kamaytiriş böyiça qonun loyihasi
Qonun loyihasi: jarimalar kamaytirilmoqda. Bluetooth orqali telefonda gaplaşişga va monitorga ruxsat. “Prava”siz haydaş huquqi.
Adliya vazirligi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qator özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqidagi qonun loyihasini jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qildi. Unga köra, qator maʼmuriy javobgarliklar uçun yengilliklar közda tutilmoqda.
✅Masalan, muddati ötgan suğurta polisi yoki suğurta polisida nazarda tutilmagan şaxs avtotransport vositasini boşqarganligi uçun jarima miqdori ikki baravarga (122,5 ming söm) kamaytirilmoqda;
✅transport vositalari egalari tomonidan suğurta polisini olmaganlik uçun jarima fuqarolar uçun ikki baravarga (122,5 ming söm), mansabdor şaxslarga esa uçdan bir qismga (490 ming söm) kamaytirilmoqda;
✅yölovçilarni litsenziyasiz taşiş bilan şuğullanganlik uçun jarima miqdori (fuqarolar uçun 1,715 mln. söm, mansabdor şxslar uçun 7.35 mln. söm) uç baravarga kamaytirilmoqda;
✅pasport tizimi qoidalarini buzganlik uçun jarimalar miqdori ikki baravardan ham köproqqa kamaytirilmoqda;
✅transport vositasini boşqariş vaqtida haydovçilarga bluetooth, quloqçin va boşqa qölni band qilmaydigan garnituralar foydalanişga ruxsat berilmoqda;
✅transport vositasi salonining old qismiga özboşimçalik bilan monitor (displey) örnatiş uçun javobgarlik bekor qilinmoqda;
✅transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini oşirib yuborganda tezlikni ölçaydigan maxsus uskunalar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib taşlab hisoblaş belgilanmoqda.
✅transport vositalarini boşqariş huquqini beruvçi hujjatlari, suğurta polisi va tex. pasporti yonida bölmagan haydovçilarga, Özbekistonda berilgan şaxsini tasdiqlovçi hujjati asosida transport vositalarini boşqariş huquqi berilmoqda. Bunda, uşbu hujjatlar mavjudligi DYHXX xodimi tomonidan elektron tizim orqali transport vositasi töxtatilgan joyda mustaqil tekşiriladi.
Mazkur yangilikni amaliyotga joriy qiliş maqsadida Içki işlar vazirligiga kerakli integratsiya işlarini 2021-yil 1-dekabrga qadar yakunlaş vazifasi yuklatilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


