Kunduzi çiroq yoqmagani uçun jarimalar taqdiri

Matn6-iyun, 2019, 12:432 daqiqa0 koʻrish

Köpçilik söragan edi:

Kunduzi faralarini yoqmagani uçun jarimaga tortilganlar işi nima böladi?

Vazirlar Mahkamasining 4-iyun kungi 460-sonli qarori bilan kunduzi çiroq yoqib harakatlanişi talabi 2021-yil 1-yanvardan boşlab kuçga kirişi belgilab qöyildi.

Şu örinda haqli bir savol tuğiladi. Kunduzi çiroq yoqib yurişga oid qoida rasman kuçga kirgan kundan to 4-iyun (uşbu talab bekor bölgan kun)ga qadar kunduzi çiroq yoqib yurmagan haydovçilarga nisbatan rasmiylaştirilgan maʼmuriy bayonnomalarning taqdiri nima böladi?

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 9-moddasiga köra, maʼmuriy huquqbuzarlik uçun javobgarlikni yengillaştiruvçi yoki bekor qiluvçi hujjatlar orqaga qaytiş kuçiga egadir, yaʼni uşbu hujjatlar çiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir.

Kodeksning 271-moddasiga köra maʼmuriy javobgarlikni belgilovçi hujjat bekor qilingan bölsa, maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni yuritişni boşlaş mumkin emas, boşlangan iş esa tugatilişi lozim.

Qonunning yuqoridagi talablaridan kelib çiqib, xulosa qiliş mumkinki, 2019-yil 4-iyunga qadar haydovçilarga nisbatan kunduzi çiroq yoqib yurmagani uçun rasmiylaştirilgan maʼmuriy bayonnomalar bekor qilinişi va maʼmuriy bayonnoma bekor bölişining huquqiy oqibatlari qöllanişi lozim.

Bunda haydovçilarimiz quyidagi 2 xil holatdan birida bölişi mumkin:

1) maʼmuriy bayonnoma tuzilgan, lekin hali jarima tölanmagan;

2) tuzilgan maʼmuriy bayonnoma asosida jarima allaqaçon tölab qöyilgan.

Birinçi holatda, heç qanday bahs yoki munozaraga örin yöq, maʼmuriy bayonnomalar uni tuzgan organning özi tomonidan bekor qilinişi lozim va jarima tölaş şart bölmaydi. Agar içki işlar organlari maʼmuriy bayonnomalarni bekor qilişdan boş tortsa, unda sudga murojaat qiliş va MJtKning 9-moddasini qöllaşni söraş talab etiladi.

Ikkinçi holat biroz bahsli. Garçi nazariy jihatdan jarimalar qaytarilişi kerak bölsa-da, lekin bu unçalik oson bölmaydi. Yaʼni jarimalar avtomatik ravişda qaytarilişidan köp ham umid qilmaslik kerak, davlat byudjetiga tuşgan pul osongina qaytib çiqmaydi. Buning uçun haydovçilar jarima tölangan hududdagi Maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qiliş lozim böladi.

Lekin sudning yugur-yuguri tölangan 101 ming sömlik jarimaga arzişi yoki arzimasligini ham hisobga olişni maslahat beramiz. Boz ustiga sudda yutib çiqiş kafolatlanmaganini unutmang.

Batafsil: https://kun.uz/65918271

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek