Yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jazolar kuçaytirildi

Matn23-oktabr, 2018, 17:194 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

‼️HAYDOVÇILAR DIQQATIGA! 1-QISM.

🚖 Yöl transport hodisasi bilan boğliq jazolar kuçaytirildi. 🚔

23-oktabrda qabul qilingan Qonunga binoan:

👉 maxsus huquqdan (transport vositasini boşqariş huquqidan) mahrum etiş jazosi ham asosiy, ham qöşimça maʼmuriy jazo tariqasida qöllanadigan böldi. Avval uşbu jazo faqat asosiy maʼmuriy jazo edi.

Bu nima degani? Masalan, haydovçining qaysidir nojöya harakati uçun yoki jarima, yoki transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş, yoki maʼmuriy qamoq jazosi tayinlanişi mumkin edi. Faqat bittasi qöllanardi. Endilikda jarimani asosiy jazo tariqasida qöllab, qöşimçasiga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş ham mumkin.

👉 Xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga va motoşlemlardan foydalaniş qoidalariga rioya etmaslik - ilgari jarima EKIH beşdan bir (36 ming 860 söm) baravar edi, endi ikkidan bir (yarim minimalka) etib belgilandi. 1-noyabrdan “remen” uçun jarima 101 ming 365 söm böladi.

👉 📱 Rulda telefonda gaplaşiş – ilgari 2 baravar edi, endi 3 baravar böldi. 1-noyabrdan 608 ming 190 söm böladi.

1 yil içida yana telefon bilan qölga tuşsa – jarima ilgari 3 baravar edi, hozir 4 baravar böldi. 1-noyabrdan 810 ming 920 söm böladi. Şuningdek, 6 oygaça haydovçilik huquqidan mahrum etilişi ham mumkin.

👉 🚀 Tezlik uçun – belgilangandan 40 km.ga ortib ketsa – ilgari 7 baravar edi, endilikda 9 baravar böldi. 1-noyabrdan 1 mln 824 ming 570 söm böladi.

➖Tezlik 20 km.dan ortiq, lekin 40 km.dan köp bölmagan kattalikda xuddi şunday huquqbuzarlik uçun maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin 1 yil davomida takror oşirib yuborişi yoxud tezlikni 20 km.dan köp bölmagan kattalikda xuddi şunday huquqbuzarlik uçun ikki marta maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin 1 yil davomida takror oşirib yuborişi – ilgari jarimasi 10 baravar edi, endilikda 15 baravar böldi. 1-noyabrdan 3 mln 40 ming 950 söm böladi.

➖Tezlikni 40 km.dan ortiq kattalikda xuddi şunday huquqbuzarlik uçun maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin 1 yil davomida takror oşirib yuborişi yoki tezlikni 20 km.dan ortiq, lekin 40 km.dan köp bölmagan kattalikda xuddi şunday huquqbuzarlik uçun 2 marta maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin 1 yil davomida takror oşirib yuborişi yoxud tezlikni 20 km.dan köp bölmagan kattalikda xuddi şunday huquqbuzarlik uçun 3 marta maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin 1 yil davomida takror oşirib yuborişi – ilgari faqat 2 yilga “prava lişat” bölardi, endilikda ham 2 yilga “lişat” qilib, ham 25 baravar jarima solinadi. 1-noyabrdan 5 mln 68 ming 250 söm böladi.

👉 🍷 Mast holda boşqariş – ilgari 1 yilu 6 oydan 3 yilgaça muddatga haydovçilik huquqidan mahrum etişga sabab bölardi, endilikda ham xuddi şu muddatga mahrum qilib, ham 25 baravar jarima solişga sabab böladi. 1-noyabrdan 5 mln 68 ming 250 söm böladi.

➖Transport vositalarini boşqariş huquqi bölmagan şaxs içib qölga tuşsa – ilgari 30 baravar jarima yoki 15 sutkagaça maʼmuriy qamoqqa olinardi, endilikda 40 baravar jarima solişga sabab böladi. Qamoq muddati özgarmagan. 40 baravar 1-noyabrdan 8 mln 109 ming 200 söm böladi.

➖Mast şaxsga transport vositasini boşqarişni topşiriş – ilgari 15 baravar jarima yoki 2 yildan 3 yilgaça “lişat” bölardi, endilikda ham 2 yildan 3 yilgaça “lişat” qilib, ham 25 baravar jarima solinadi. 1-noyabrdan 5 mln 68 ming 250 söm böladi.

👉 🤕 YH qoidalarini buziş natijasida jabrlanuvçiga yengil tan jarohati yoki ança miqdorda moddiy zarar yetkazilişiga olib kelsa – ilgari 3 baravardan 5 baravargaça jarima solinardi yoki 1 yildan 3 yilgaça haydovçilik huquqidan mahrum etilardi. Endilikda jarima miqdori 5 baravardan 7 baravargaça oşirildi.

👉 YH qoidalarini buziş natijasida mol-mulkning şikastlanişiga olib kelsa, lekin ança miqdorda moddiy zarar yetkazmasa – ilgari 1 baravardan 2 baravargaça jarima solişnardi yoki 6 oydan 1 yilgaça “lişat” bölardi. Endilikda jarima miqdori 2 baravardan 4 baravargaça oşirildi.

ESLATMA: Ança miqdordagi moddiy zarar deganda, EKIH 5 baravar miqdoridan oşib ketgan zarar tuşuniladi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek