Yöl harakati qoidabuzarligi uçun yangi jarima miqdorlari
Bugundan 10%ga qimmatlagan yöl harakatiga oid ayrim jarimalarning miqdorlari.
Bizda jarimalar oyoği osmondan bölib yotibdi. Masalan, jamiyat uçun katta xavfga ega va köplab ölimlarga sababçi böladigan qizil çiroqda ötişga 2 baravar (490 ming söm) jarima, heç kimga ruxsatsiz tonirovkaga esa 25 baravar (6 mln sömdan oşiq).
Yoki taqiqlangan joyda maşina töxtatganligi (notöğri parkovka) uçun birinçi safar 3 baravar, bir yil içida ikkinçi safar 5, uçinçi safar 10 va törtinçi safardan keyin xuddi mast holda maşina boşqargan kabi 15 baravar (3 mln 675 ming söm) jarima qöyilgan.
Bunaqa jarimalarda na mantiq bor, na bir asos. Nasib qilsa, tez orada Parlamentda muhokama qilinayotgan qonun loyihasi imzolanib qolsa, uşbu mantiqsizliklarga çek qöyiladi, degan umiddamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


