Insonlar özlarini qanday his qildirganingizni unutmaydi

Matn31-yanvar, 2021, 19:242 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Odamlar nimani heç qaçon unutmaydi?

Samolyotda oq tanli bir ayol habaş erkak bilan yonma-yon ötirib qoldi. Bu vaziyatdan u bezovtalandi, behuzur böldi. Styuardessani çaqirib, öziga boşqa bir joy topib berişni söradi. Axir, u qora tanli odamning yonida ötira olmasdi-da.

Styuardessa xuşmuomalalik bilan samolyotning barça örindiqlari band ekanini, har ehtimolga qarşi VIP bölimida biron böş joy bölsa, qarab körişi va bu haqda xabar berişini aytdi.

Yölovçilarning ayrimlari bu voqeani hayrat bilan, ayrimlari esa nafrat bilan kuzatib turişardi. Ularning nigohida şunday ifoda bor edi: «Bu ayol hurmatsizlik qilgani yetmaganday, endi VIP bölimida ketadimi?»

Tanasining rangi tufayli kamsitilgan haligi kişi esa indamay ötirardi.

Ayol özining VIP bölimida ketayotganini tasavvur oynasida jonlantirgança styuardessani sabrsizlik bilan kuta boşladi.

Bir neça daqiqadan keyin styuardessa qaytib keldi va şunday dedi:

— Keçikkanim uçun uzr sörayman. Nihoyat, VIP bölimidan bitta böş joy topdim. Ammo yölovçilarning joyini özgartiriş masalasida uçuvçidan ruxsat olişim kerak edi. Uçuvçimiz «Muammo keltirib çiqaruvçi odamning yonida ketişga heç kim majbur emas», dedi va ruxsat berdi.

Bu gapni eşitgan yölovçilar hayron bölişdi. Bu orada oq tanli ayol mağrur ifoda bilan örnidan turib, VIP bölimidagi yangi joyga ötişga hozirlana boşladi. Ayni şu onda styuardessa jimgina ötirgan qora tanli odamga yuzlanib:

— Janob, sizni samolyotning VIP bölimidagi joyga olib borişimga ruxsat bersangiz, marhamat, - dedi. – Kapitanimiz bunday noxuş vaziyat yaratuvçi odamning yonidan ötiriş majburiyatida qoldirgani uçun butun kompaniyamiz nomidan sizdan uzr söradi.

Barça yölovçilar nima bölganini anglab yetgaç, samolyot ekipajini birgalikda olqişlay boşlaşdi…

Öşa yil ayni şu voqea sabab kapitan va styuardessa yuksak mukofot bilan taqdirlandi. Quyidagi fikrlar esa kompaniya barça ofislarining közga körinarli yeriga yozib qöyiladigan böldi:

«Insonlar ularga nima deganingizni unutişlari mumkin. Insonlar ularga nima qilganingizni ham unutişlari mumkin. Ammo insonlar ularga özlarini qanday his qildirganingizni aslo unutmaydilar».

Turk tilidan Otabek Tillayev tarjimasi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek