Yaponiyalik bolakay bilan metrodagi suhbat

Matn2-yanvar, 2021, 14:303 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

​​Davlatni aldasang, «jigoku»ga tuşasan degan gapi juda öyga soldi odamni

Yaponiyada yaşovçi bir hamyurtimizning ança avval çiqqan maqolasini Sizga ham ilindim:

«Bugun ertalab işga ketayotgan edim. Metroda bir bolakayga közim tuşdi. Boşini kitobdan kötarmay ketdi, ança joygaça. Havasingiz keladi-vey.

Çidab turolmadim. Yonida joy böş ekan. Ötirib savolga tutdim. Yapon xalqiga "sumimasen" (uzr) deb uzoqdan gap boşlamasangiz qörqib ketadi. Men ham uzr deb, savolga tutdim. Javob bergisi kelmay javob berdi.
– Qanaqa kitob öqiyapsan?
– Maktabdan bergan uyga vazifamni qilyapman.
– Nega uyda qilmading?
– Uyda ham qildim. Bu yerda ham qilaman. Bilasizmi? Men köp kitob öqişim kerak.
– Nimaga?
– Otam bilan onam ajraşgan. Onam meni, juda ham qiynalib katta qilyabdi. Baitoda (soatbay işlaş) işlab juda ham qiynalayabdi. Men hozir zör öqisam kelajakda özimni kaişamni (kompaniya) oçib, onamlarni şaçou (kompaniya boşliği) qilib tayinlayman. Özimizni uyimiz böladi… Meni “boqişdan qiynalaman, bola kerakmas” deb ajraşib ketgan otamga ham yordam qilaman, deydi…

Közlarimga yoş keldi…
Notöğri savol berib qöyganimdan hijolat bölib, çalğitmoqçi bölib, gapni böldim.
– Satoukun, (ismi Satou ekan, -kun qöşimçasi erkalab çaqirişda işlatiladi) dars qilişni yaxşi körasanmi?
– Ha, juda ham. Onam aytganlar menga, dars qilsam, yaxşi odam bölsam, odamlarga yordam bersam davlatga ziyonim tegmasa «tengoku»ga tuşarkanman.
– «Tengoku» nima?
– «Tengoku»ni bilmaysizmi? Men sizni kiyimlaringizni, qölingizdagi kitobni körib aqlli odam deb öylagandim. Iye, ha siz gaikoujinsiz-ku (xorijlik) şunga tuşunmadingiz, şekilli. «Tengoku» degani odam ölgandan keyin boradigan joy. Yaxşi odamlar «Tengoku»ga tuşadi. Yomon odamlar «Jigoku»ga.

Bu gaplarini eşitib, Jannat va Dözax haqida gapirayotganini fahmladim. Yana savolga tutdim:
– Satoukun, Jigokuga (dözax)ga qanday odamlar tuşadi?
– Davlatdan aldab pul undirganlar, masalan: öqimay, işlamay, “pulim yöq, pul beringlar” deb faqat davlatdan pul undiradiganlar tuşadi. Yomon odamlar tuşadi. Dadamni ham tuşadi deb aytişdi menga. Lekin, men xohlamayman. Böldi, men keyingi bekatda tuşaman. Bay bay.
– Öqişlaringa omad. Ukajon, Ilohim barça orzularinga erişgin…

Bola tuşib ketdi. Qarasam ança bekat ötib ketibman. Kun böyi bola bilan bölgan suhbat haqida öyladim. Hali boşlanğiçda öqiydigan bolani, fikrlaşi-yu, aqlliligiga tasanno aytdim. Farzand tarbiyasiga qoyil qoldim.

Yaponiya davlatini ança munça davlatlardan ildamlab ketganini sababini tuşungandek böldim. Öqimasa heç kim bölolmasligini, oddiy soatbay işda işlab ötib ketişini tuşungan, kelajakda katta kompaniyani yuritaman, deb bolaligidan qattiq harakat qilgan Satoukunlar rivojlantirgan ekan Yaponiyani. Juda köp yaponni körasiz özimni kompaniyamni oçaman, deb qattiq öqib, soatbay işlab, uxlamay yurganliklarini. Şu sababdan Yapon kompaniyalari dunyoda kuçayib ketgandir, balki.

Davlatni aldasang, «jigoku»ga tuşasan degan gapi juda öyga soldi odamni.
Baraka top, Satoukun. Özingdan neça barobar yoşi katta akanga, «jigoku», «tengokudan», hayotdan, tirişqoqlikdan, kitob öqişdan dars berib qöyganing uçun…

Mohi Ramazon oylarida duo qilaylik azizlar, bizni yurtimizdan ham şunday, bolajonlar çiqib, yoşlar çiqib, katta – katta kompaniyalar oçib, kuçli olimlar çiqib, ota-bobolarimizni munosib vorislari çiqib Özbekistonimizni Yaponiyadek, boşqa rivojlangan davlatlardek yuqori çöqqilarga olib çiqsin, Ilohim.

Bahodir Iskandarov,
Şinjuku şahri, Yaponiya. 2019-yil 7-may».

Maqola tugadi.

Foto: Yaponiya metrosidagi Satoukun. (Bahodir Iskandarov olgan fotosurat).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek