OTMlarda kredit-modul tizimi joriy etiladi

Matn2-yanvar, 2021, 13:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:UzA | Tezkor xabarlar

​​OTMlarda öquv jarayoni bosqiçma-bosqiç kredit-modul tizimiga ötkaziladi

Hukumatning tegişli qarori (№824, 31.12.2020y) bilan, 2020/2021 öquv yilidan boşlab respublika OTMlarida öquv jarayonini bosqiçma-bosqiç kredit-modul tizimiga ötkaziş tartibi joriy etiladi.

Şuningdek, qarorga köra:

👉 OTMda 3 yil işlab berişni nazarda tutuvçi şartnomani rasmiylaştirgan holda professor-öqituvçilar nufuzli xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka ötaydi va malaka oşiradi.

👉 OTMda 5 yil işlab berişni nazarda tutuvçi şartnomani rasmiylaştirgan holda öqituvçilar nufuzli xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlari asosida öqitiş bilan boğliq xarajatlar amalga oşiriladi.

OTMlarning akademik mustaqilligini yanada kengaytiriş maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boşlab:

👉 OTMlar huzuridagi texnikumlarda öquv maşğulotlarini olib borayotgan OTM professor- öqituvçilarining mehnatiga soatbay haq tölaş OTM talabalariga dars ötganligi uçun mehnatga soatbay haq tölaş miqdorlarida amalga oşiriladi;

👉 taʼlim jarayonini taşkil etişda haftalik öquv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanadi;

👉 OTMlarda taşkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari tegişli OTM rektori (filial direktori)ning buyruği bilan tasdiqlanadi.

Şuningdek, qaror bilan OTMlarda öquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etiş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi hamda quyidagi sxema asosida bosqiçma-bosqiç joriy etilişi belgilandi.

Kanalga ulaniş:
➡️ @uzauz

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek