Toşkentda Adju universiteti taşkil etildi

Matn3-dekabr, 2018, 17:172 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Taʼlim tizimi uçun yangi OTM muborak!

Şavkat Mirziyoyevning 2018-yil 30-noyabrdagi PQ-4041-sonli qaroriga binoan, Koreya Respublikasining Toşkent şahrida Adju universiteti taşkil etildi.

👉 Universitetda 2019/2020 öquv yilida bakalavriatning “Arxitektura”, “Elektrotexnika” va “Quriliş injiniringi” taʼlim yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlanadi;

👉 Özbekiston Bank-moliya akademiyasida Adju universitetining (Koreya Respublikasi) magistratura mutaxassisliklari böyiça boşqaruv kadrlarini tayyorlaş böyiça Iqtisodiyot va biznes oliy maktabi oçiladi;

👉 Universitetda öqişni tamomlagan bitiruvçilarga Özbekistonda oliy maʼlumot töğrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan Adju universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

👉 2019/2020 va 2020/2021 öquv yillarida öqişga qabul qilingan talabalar - Özbekiston fuqarolari uçun ular Universitetni tamomlaguniga qadar Özbekiston Davlat byudjeti hisobidan kontrakt summasining respublikadagi boşqa davlat OTMlarida tegişli taʼlim yönalişlarida öqitiş qiymati miqdoridan ortiq qismini tölab beriş körinişida davlat kömagi taqdim etiladi, kontrakt yuridik şaxslar - salohiyatli iş beruvçilar tomonidan tölanişi hollari bundan mustasno;

👉 davlat kömagi taqdim etilgan Universitet bitiruvçilari respublikaning davlat taşkilotlarida kamida uç yil ixtisosligi böyiça işlab beriş şarti bilan işga taqsimlanadi;

👉 maxsus stipendiyalar beriş orqali Adju universitetiga (Koreya Respublikasi) va sohaga ixtisoslaşgan xorijdagi boşqa yetakçi taʼlim muassasalariga stajirovka ötaşga yuboriş uçun eng istiqbolli talabalar tanlov asosida tanlab olinadi;

👉 Toşkent şahrida joylaşgan kasb-hunar kollejlaridan birining bino va inşootlari Universitetga bepul foydalaniş uçun beriladi.

Maʼlumot uçun: Janubiy Koreyaning Adju universiteti xalqaro reytinglarda TOP-1000ga kirgan. Xususan:

ARWU reyting böyiça - 501-600-örinda
QS reytingda - 651-700-örinda
THE reytingda - 801-1000-örinda

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek