O'zbekistonda litsenziyalangan nodavlat OTMlar soni 21 taga yetdi

Foto6-oktabr, 2021, 10:221 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Litsenziyalangan nodavlat OTMlar soni yana 2 taga köpaydi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş Davlat inspeksiyasi Özbekistonda faoliyat yuritişi uçun litsenziya berilgan nodavlat oliy taʼlim taşkilotlarining yangilangan röyxatini eʼlon qildi.

Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti (Toşkent) hamda Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Farğona şahridagi filiali (Farğona)ga tegişli namunadagi litsenziyalar taqdim etilganidan söng yurtimizda litsenziya asosiy faoliyat yuritayotgan OTMlar soni 21 taga yetdi.

Maʼlumot uçun, "Taʼlim töğrisida"gi qonunning 31-moddasiga köra, nodavlat taʼlim taşkilotlari öz faoliyatini litsenziya asosida amalga oşiradi. Mustaqil işlab çiqilgan va litsenziyada körsatilgan öquv dasturlari böyiça taʼlim xizmatlari körsatadigan nodavlat taʼlim taşkilotlari bitiruvçilarga Özbekiston Respublikasida tan olinadigan taʼlim töğrisidagi hujjatlarni (diplom) beradi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek