Xususiy OTM diplomining haqiqiyligini tekshirish usuli
Manba:Xushnudbek.uz
❓Diplomi Özbekistonda ötadimi?
Sönggi yillarda nodavlat va xususiy oliy taʼlim muassasalari soni köpaydi. Har oy yangi bir universitet yoki institut oçilgani haqidagi eʼlonlarga közimiz tuşadi.
Ana şunday paytda ota-onalar va abituriyentlarda faqat asosiy bitta savol paydo böladi: «Diplomi Özbekistonda ötadimi?» (lekin taʼlim sifati hozirça köpçilikni qiziqtirmaydi)
Hozir sizga qaysi OTMning diplomi bizda ötiş yoki ötmasligini birovlardan söramasdan ham mustaqil aniqlaşning oson yölini örgatmoqçiman.
Vakolatli davlat organi hisoblangan Taʼlim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasining rasmiy saytida litsenziya olgan xususiy OTMlar röyxati bor:
https://tdi.uz/nodavlat-oliy-ta-lim-tashkilotlari/index.php
Biror yangi OTM eʼloniga duç kelsangiz, mana şu sahifaga kirib, röyxatdan tekşirib köring.
Bugungi kunda 34 ta nodavlat/xususiy OTMda litsenziya bor. Agar biror qinğir işi uçun sud qarori orqali faoliyati töxtatilmasa yoki litsenziyasi qaytarib olinmasa, ularning diplomi Özbekistonda ötadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 882


